Quyida 2019 yil 1 iyuldan qonunçilikda nimalar özgarişi haqida ma'lumot beramiz.

Vazirlar Mahkamasining 20.09.2018 yildagi «Yöl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşişi samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» 747-sonli qaroriga köra:
- avtotransport videoregistratorlari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari qayd etilgan videoyozuvlarga tenglaştiriladi;
- taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar, jamoat transporti va yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar uçun avtotransport vositalariga videoregistratorlar örnatiş böyiça majburiy tartib joriy etiladi;
- huquqbuzarlik holatlari töğrisidagi videoyozuvlarni yuborgan şaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan eng kam oylik iş haqining beş foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.
Eslatib ötamiz, qarorga muvofiq huquqbuzarlik holatlari töğrisidagi videoyozuvlarni taqdim etgan şaxslar töğrisidagi ma'lumotlarning oşkor etilişiga yöl qöyilmaydi.
Mobil videokamerasi bölmagan YPX xodimiga hujjat taqdim etilmaydi

Vazirlar Mahkamasining 01.12.2018 yildagi «Yöl patrul xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanişi tartibi töğrisida» 975-sonli qaroriga muvofiq yöl harakati qatnaşçilari mobil videokamerasiz faoliyat olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega;
YPX xodimi vazifalarini mobil videokameradan foydalanib oşkora olib boradi va bu haqida yöl harakati qatnaşçilariga ma'lum qiladi.
Yer uçastkalarini xususiylaştiriş mumkin böladi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 10.01.2019 yildagi «Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» PF-5623-sonli Farmoniga muvofiq:
- yuridik şaxslar — Özbekiston Respublikasi rezidentlari ularga mulk huquqi asosida tegişli bölgan yoki ular tomonidan xususiylaştirilayotgan bino va inşootlar, sanoat infratuzilmasi obektlari joylaşgan yer uçastkalarini, şuningdek ularga tutaş hududlardagi işlab çiqariş faoliyatini amalga oşiriş uçun zarur miqdordagi yer uçastkalarini xususiylaştiriş huquqiga ega;


















