Mamlakatimiz mustaqilligi bilan tengdoş «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki bugungi kunda 20 filiali va 38 ta mini-banki orqali mamlakatimizning barça hududlarida yuridik va jismoniy şaxslarga keng kölamli xizmatlar körsatib kelmoqda. Keyingi yillarda bank «Zamonaviy menejment» uslubida va aniq belgilangan strategiya asosida iş yuritiş masalasiga alohida e'tibor qaratayotgani bois salmoqli natijalarga erişmoqda.
Mijozlarga tezkor va qulay xizmatlar kölamini kengaytiriş, eng avvalo, bank jozibadorligi va unga bölgan işonçni oşirişga olib keladi. Bu borada «Turonbank» ATB çakana xizmatlar bozorining eng jadal rivojlanayotgan segmenti, ya'ni plastik kartoçkalar ommabopligini oşiriş maqsadida, mijozlarga turli yeçimlardagi kartalarni taklif etadi. Jumladan, mijozlarning «Turonbank» ATBning xorijiy valutadagi plastik kartalariga tobora qiziqişi ortişi, bank tomonidan plastik kartalarning jozibador şartlarda taklif etilayotganidan dalolat beradi.
«Turonbank» ATB 2019 yil boşidan “Mastercard” xalqaro plastik kartalarini tölaqonli emissiya qilişni boşladi. Mazkur kartalar dunyo standartlariga töliq javob berib, NFC (kontaksiz aloqa) tizimida işlaşi bilan boşqa kartalardan ajralib turadi. Xozirgi kunda bankda ikki turdagi “Mastercard” kartalari mavjud bölib, bular jumlasiga “Mastercard Standard” va “Mastercard Gold” kartalari kiradi. Şu turdagi kartalarga “MyTuron” ilovasi orqali çeklanmagan miqdorda xorijiy valuta sotib oliş imkoniyati mavjud. Bundan taşqari, «Turonbank» ATBning barça viloyatlar va Toşkent şahrida joylaşgan filiallaridagi terminallar, yoxud 24/7 rejimida işlovçi punktlarida joylaşgan bankomatlari orqali naqd xorijiy valutani yeçib oliş imkoniyati yaratilgan. “Mastercard” kartalari orqali dunyoning istalgan hududida tölovlarni amalga oşiriş yoki bankomatlar orqali xorijiy valutani naqdlaştiriş va internet orqali tölovlarni xavfsiz amalga oşiriş imkoniyatlari mijozlarni mazkur kartalarga qiziqişini yana ham oşirib kelmoqda.
Şu bilan birga, “Mastercard” kartalarini ommabopligini oşiriş, mijozlarga mazkur kartalarning keng imkoniyatlarini yetkazib beriş maqsadida, “Mastercard Europe S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda aksiyalar taşkillaştirilib kelinmoqda. Mazkur aksiyalar doirasida 90 dan ziyod mijozlarga har xil turdagi maxsus sovğalar taqdim etildi, 7000 ga yaqin mijozlarga bepul Mastercard kartalari oçib berildi. Hozirda asosiy sovğa Neksiya III yengil avtomobili öz egasini kutmoqda. Kelajakda “Mastercard Europe S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda köplab şu turdagi aksiyalar ötkaziş rejalaştirilgan.
Şuningdek, «Turonbank» ATB “Visa Classic”, “Visa Gold”, korporativ mijozlar uçun “Visa Business” kartalari hamda milliy valutadagi “Humo” va “UzCard” kartalarini ham mijozlarga taklif etadi.











