Endi “özimizniki” bor

Özbekistonda köplab odamlar çuv tuşgan moliyaviy piramidalarning barçasi bir xil sxemada işlagan: investitsiya kiriting, kunlik daromad oling va boşqalarni taklif qiliş evaziga bonuslarga ega böling. Aslida, moliyaviy piramidalarni ayni şu uç ustun “kötarib turadi”.

Bunday loyihalar biror aldovga asoslanadi. Masalan, “Parker” powerbank ijarasi, Whats, Aif, HNK va XCM kabi moliyaviy piramidalar video tomoşa qiliş, OMD kitob öqiş, FastAI robot sotib oliş orqali pul işlaş taklifi bilan tanilgandi.

Bu platformalarning hammasi çet elda röyxatdan ötkazib kelingan. Masalan, “organ” xodimlari ham tarğibotiga qöşilgan XCM moliyaviy piramidasi sayti Kanada davlatida Singapur uyali aloqa raqami orqali röyxatga olingani aniqlangan.

Endilikda odamlarni çuv tuşirişga qaratilgan va moliyaviy piramidaga asoslangan sayt uz domenida ham paydo böldi. Bu – diram.uz sayti.

Surat 01

Uslub qanday?

Har bir moliyaviy piramida öz aldov uslubiga ega böladi. Diram an’anaviy usullar hisoblangan video tomoşa qiliş, kitob öqiş yoki biror buyum ijarasini emas, mevali daraxt niholini sotib olib, “boğ yaratiş”ni taklif etadi.

Surat 02

Biroq, bu haqiqiy boğ emas, şunçaki depozit qöyiş, kunlik daromad va bonus va’dalari ana şu uslub ortiga yaşirilgan.

Depozit qöyiş – diram’da bu mevali daraxt niholini sotib oliş bilan ifodalanadi. Mevali daraxtlar soni 5 ta. Ular meva turiga qarab narxi oşib borgan. Masalan, eng arzoni örik. Uşbu daraxt niholini 100 ming sömga “sotib oliş” (aslida, bu tikiladigan pul) mumkin.

Surat 03

Şu tariqa, 300 ming sömga anor, 1 mln sömga şaftoli, 3 mln sömga yonğoq hamda 5 mln sömga pista nihollarini oliş taklif etilgan. Garçi mevalar nomi bilan atalgan bölsa-da, bular moliyaviy piramida tariflari hisoblanadi.