Mamlakat qudrati uning ta'limga, sportga, umuman, yoşlari hayotiga e'tiborida öz aksini körsatadi. Özbekistonda bölayotgan mana şu sohadagi işlar, ayniqsa, maktabgaça ta'limga alohida ahamiyat beriş va olib borilayotgan işlar kölami, uşbu sohaning yangi bosqiçga kötarilişi sözimizning isbotidir. Mamlakatning yirik şaharlaridan tortib, to olis hududlarida qad kötarayotgan, iş boşlayotgan MTMlar faoliyati barça yerda bir tekis, birdek olib borilyaptimi? Undagi şaroitlar, bolalarga e'tibor, kadrlar malakasi va şu kabi boşqa masalalar siyosat nazarda tutgan holdami? Bunday keskin savollarni örtaga taşlayotganimizning sabablari bor, albatta.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir şe'r paydo böldi va aytiş lozimki, u internetni larzaga soldi. Bu şe'rda Qaşqadaryo viloyatining Nişon tumanida joylaşgan Nuriston şaharçasidagi holatlar, xususan, MTMlardagi qoniqarsiz şaroitlar kinoya bilan tilga olinadi.
Vaziyat bilan yaqindan tanişiş, aniqroq aytadigan bölsak, bu yerda bolajonlar maskani haqiqatda ham şundaymi, biliş maqsadida şaharçaga bordik.

Sözimiz boşini Maktabgaça ta'lim vazirligining mazkur holat böyiça tegişli munosabatidan boşlaşga qaror qildik. Xususan, vazirlik taqdim etgan rasmiy bayonotda şunday deyiladi: «Respublika böyiça eng yuqori tuğiliş körsatkiçlari Qaşqadaryo viloyatida kuzatilmoqda. Viloyatda bolalarni maktabgaça ta'lim bilan qamrab oliş körsatkiçi respublika böyiça 38,1 foizga nisbatan 25,8 foizni taşkil etadi. Nişon tumanida uşbu körsatkiç 36,9 foizga teng (Nuriston şaharçasida — 53,6 foiz). Bolalarni maktabgaça ta'lim bilan qamrab oliş böyiça quyidagi körsatkiçlarga erişiş yuzasidan işlar olib borilmoqda: 2019 yil yakuniga qadar 37,3 foiz, 2020 yil yakuniga qadar 47,6 foiz, 2021 yil yakuniga qadar 56,8 foiz.

Nuriston şaharçasidagi davlat MTMga navbatda 497 nafar bola turibdi. Mazkur şaharça 2020 yilga möljallangan quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital ta'mirlaş dasturiga kiritildi. 2020 yilda şaharçada 240ta joyli MTM quriladi va faoliyat yuritayotgan 18-sonli MTM hududidagi 120ta joyli bino qurib bitkaziladi».
Bizga taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, mazkur hududda ayni vaqtda 3ta davlat maktabgaça ta'lim muassasasi:






















