Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB O‘zbekiston bilan yangi sheriklik strategiyasini ma'qulladi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston bilan yangi sheriklik strategiyasini ma'qulladi. 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan besh yillik sheriklik strategiyasi hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Yangi sheriklik strategiyasi doirasida OTB aholi turmush sifatini yaxshilash va sifatli yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha hukumatning uzoq muddatli vazifalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
“Strategiya orqali sav ta'minoti va sanitariya, avtomobil va temir yo‘llarni yaxshilash, ishlab chiqarishni ta'minlash va bog‘dorchilik mahsulotlari eksporti, samarali irrigatsiya tizimi va aholi va biznes uchun ishonchli elektr energiyasini ta'minlashni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Aholi yaxshilangan tibbiy xizmatlardan foydalanadi. OTB shuningdek, yoshlar zamonaviy kasblarni egallashida hukumatga ko‘mak beradi”, - dedi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Sindi Malvichini.
O‘zbekiston OTBga 1995 yilda a'zo bo‘lganidan buyon umumiy qiymati 7,7 mlrd dollarlik 72 ta zayom olgan. Shuningdek, bank aksionerlik kapitali ko‘rinishida 6 mln. dollar, kafolat shaklida 218 mln. dollar va texnik ko‘mak granti ko‘rinishida 93,1 mln. dollar ham ajratilgan. 2018 yilda OTB umumiy qiymati 1,1 mlrd. dollarlik 5 ta zayom ajratgan. Ular energiya samaradorligini oshirish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish xizmatlarini yaxshilash, fermerlar va meva-sabzavot ishlab chiqaruvilar uchun moliyaviy imkoniyatlar yaratish, O‘zbekistonnig g‘arbiy qismida ichimlik suvi ta'minoti va iqtisodiy boshqaruv sohalariga ajratilgan.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
17:27 / 18.11.2025
Prezident Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi
14:44 / 18.11.2025