Britaniya qirollik oilasi London va mamlakatning boşqa joylaridagi öziga tegişli tijorat köçmas mulklari narxi ösişi sezilarli ravişda pasayişiga qaramasdan 2018 yilda 343,5 mln funt (437,6 mln dollar) miqdorida rekord darajadagi daromadga ega böldi. Bu haqda Financial Times gazetasi xabar berdi.

Gazetaning Crown Estate kompaniyasi ma'lumotiga tayanib xabar berişiça, Uest-End rayonidagi köçmas mulk qiymati atigi 1,7%ga, 14,3 mlrd funtgaça oşgan). Bu 2009 yildan buyon qayd etilgan eng past körsatkiçdir. London taşqarisidagi qirollik mulklari narxi esa hattoki 7%ga tuşib ketgan.

Ammo yakuniy natijalarga qirollik portfelining asosini taşkil etuvçi energetika va infrastruktura narxining 14%ga oşişi sezilarli ta'sir körsatgan. Britaniya qirollik oilasiga Angliya, Uels va Şimoliy Irlandiyadagi şelflarning dengiz tubidagi uçastkalari tegişli bölib, ular şamol turbinalari örnatiş uçun energetika guruhlariga ijaraga beriladi.

Qonunçilikka köra, qirollik mulklari boşqaruvidan tuşgan barça daromad davlat ğaznasiga tuşadi, ikki yildan söng esa monarx 15% miqdoridagi öz uluşini oladi. Naşrning yozişiça, keyingi ön yil davomida qirollik mulki davlatga 2,8 mlrd funt sterling ($3,56 mlrd) foyda keltirgan.