Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superligada 3-o‘rinda borayotgan «Surxon» bosh murabbiyi iste'foga chiqdi
Bugun, 26 iyun kuni «Surxon» bosh murabbiyi Andrey Miklyayev o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi.
«Andrey Gennadiyevich «Surxon» futbol klubida boshqa lavozimni egallaydi. Uning aynan qaysi lavozimni egallashi tez kunlarda e'lon qilinadi», – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, yangi bosh murabbiy kim bo‘lishi tez orada e'lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, mavsum boshida Termiz klubiga Ilhom Mo‘minjonov bosh murabbiy bo‘lgan, ammo u O‘FA tomonidan 1 yilga diskvalifikatsiya qilingach, o‘rnini vaqtinchalik Anvar Soliyev egallagandi. Biroz vaqt o‘tib, Soliyev sport direktori lavozimiga o‘tib, Miklyayev bosh murabbiy etib tayinlangan edi.
«Surxon» Superligada 12-turdan keyin 3-o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
08:02 / 15.05.2024
Surxon qo‘riqxonasida tuz bilan oziqlanayotgan morxo‘r takasi fotoqopqon kamerasiga muhrlandi
11:55 / 26.04.2024
Surxon qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga tulki bolalari muhrlandi
13:12 / 11.03.2024
Surxon qo‘riqxonasida fotoqopqonga Buxoro tog‘ qo‘ylarining noyob tasvirlari muhrlandi
17:59 / 10.11.2022