27 iyun kuni tongda Buryatiyada «Angara» aviakompaniyasiga tegişli An-24 rusumli yölovçi samolyot Nijneangarskga favqulodda qönişni amalga oşirdi.

Qöniş vaqtida samolyot uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketgan va tozalaş qurilmalari binosiga urilib, yonğin boşlangan. Barça yölovçilar zudlik bilan evakuatsiya qilingan. 

Ma'lum bölşiça, samolyot Ulan—Ude—Nijneangarsk—Irkutsk yönalişida parvozni amalga oşirayotgan bölgan. Samolyot aeroportdan kötarilişi bilan dvigatellardan biri işdan çiqqan. Şu sababli ekipaj orqaga qaytişga qaror qilgan.

Buryatiya IIV matbuot xizmati xabariga köra, samolyot ekipaji a'zolarining ikki nafari - komandir va ekipaj bortmexanigi halok bölgan.

Hodisa vaqtida samolyot bortida 47 kişi bölgan, ularning yetti nafariga tibbiy yordam körsatilgan.