Sarlavhadagi muammo mamlakat miqyosida dolzarblik kasb etgani heç kimga sir emas. OAVda «xit» darajasiga yetgan ayrim hokimlarning öziga xos çiqişlari, kundalik faoliyat davomida katta-kiçik böğindagi rahbarlarning köpçilikka ham ovoza bölmagan muomala madaniyati xalq orasida ijro hokimiyati haqida salbiy taassurotlar qoldirmoqda. Aksariyat hollarda yuqori doiralarning bunday hollarga munosabati ta'sirçan bölmayapti. Islohotlarning şiddatli davrida ijro hokimiyati vakillariga keragidan ortiqça yuklama yuklanayotganini ham tan olişimiz kerak. Ijro uçun tuşirilayotgan turli qaror, farmon va buyruqlarning muddatlari şu qadar qisqaki, Özbekistonda sutka 24 soatdan köproqmi deb öylab qolasan. Mehnat qonunçiligidagi iş vaqtlariga amal qiliş haqida-ku öylangani ham yöq şekilli. Qiziği, qisqa muddatlarda ijro risoladagidek bölmasligini barça biladi. Lekin ijro bölişi şart, kamida qoğozda bu aks ettirilişini ta'minlaş talab etiladi. Şunday bosim ostida işlayotgan xizmatçilarning asabi doş bermasligi ham tabiiydek. Lekin bu omillar yuqorida aytganimiz qusurlarning paydo bölişiga sabab bölmasligi kerak. Aksinça, turli darajadagi ijroçi rahbarlar yuqoridagi rahbariga real vaziyatni oçiq-oydin tuşuntirib, ijro uçun haqqoniy muddatlar söraşni ham örganişlari kerak. «Boşliq hamma narsani biladi» degan notöğri tasavvurdan allaqaçon voz keçişimiz zarur. «Kadrlar hamma narsani hal qiladi» degan gap turli davrlarda öz isbotini topgan, hozirgi davrimiz uçun ham öz ahamiyatini yöqotmadi. Kadrlar muammosini bunday iş uslubi bilan hal qila olmasligimiz ham aniq. Turli sohalarni boşqarişga salohiyati yetuvçi yurtdoşlarimiz yetarli, lekin ular aynan şunday bosim ostida işlaşni xohlaşmayapti. Taklifni, tanqidni töğri qabul qiluvçi yuqori darajadagi mansabdorlar ularga erkin, ijodiy, taşabbus bilan işlaş muhitini yarata olmayapti. Çet ellik yurtdoşlarimizning xalqaro tajribalaridan foydalaniş haqida köp gapirdik, lekin ularga yetarli şaroit yaratiş deganda faqatgina munosib oylik maoş tayinlaşni tuşunmasligimiz kerak. Yurtga qaytayotganlarda moddiy manfaat birinçi örinda emas, ular öz iş uslublari, islohotlarni amalga oşirişdagi öz fikrlarini amaliyotga erkin tatbiq etişni xohlaşmoqda. Şu bilan birga, normal hayot tarzidan ham batamom uzilib qoliş niyatlari yöq. Mamlakat içidagi munosib kadrlarda ham şunday öy-fikrlar bor. «Çidasang şu, bölmasa katta köça!» qabilidagi munosabat bilan barça sohalarni notöğri yöllarga solib yuboriliş ehtimoli katta.

Mehnat qonunçiligida körsatilgan iş vaqtlariga amal qilib islohotlarni amalga oşirişning iloji yöqmi? Yaxşilab öylansa, buning yölini topsa böladi, albatta. Buning uçun siyosiy iroda talab etiladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev «davlat xizmatçilari dam oliş kunlarini oila davrasida ötkazsin», deb alohida ta'kidlaganiga qaramasdan ahvol yaxşilangani yöq. Sababi yuqorida aytib ötganimiz nomutanosib ijro muddatlari.

Kiçik böğindagi rahbarlar bilan suhbatlaşganda yuqori böğindagi rahbarlar bosimiga qöşimça xalqning turli darajadagi portallar, xalq qabulxonalari orqali tuşayotgan ariza, şikoyatlari ortidan keluvçi bosimidan ham nolişadi. Bu ariza, şikoyatlarga qonuniy asosda javob beriş uçun ança vaqt yöqotişayotganidan yozğirişadi. Aksariyat hollarda ularni qondirişning qonuniy yöli yöqligidan (asosiy sabab moliyaviy resurslar yetişmasligi), «aşaddiy şikoyatçilar»dan qutuliş uçun muammolarni «nuqtali» hal qilişayotganini aytişadi. Aslida portallar, qabulxonalar muammolarning ildizi, kölamini aniqlab, ularga tizimli yeçimlar topiş uçun oçilganini unutişgan körinadi. Ötgan 3 yil davomida tuşgan murojaatlarni tahlil qilib, yöl xaritalar işlab çiqilayotgandek, lekin natija köpçilik, jumladan, Prezident kutgançalik emas.