Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 22 noyabr kuni qişloqlar va şaharlarda aholini uy-joy bilan ta'minlaşning yangi tizimini joriy etiş böyiça amalga oşiriladigan çora-tadbirlar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Prezident yiğilişda davlat idoralari rahbarlarining ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan munosabatlari masalasiga ham töxtalgan.

«Bugun sizlar bilan yana bir muhim masalani muhokama qilib olişimiz zarur.

Barçangiz körib, bilib turibsiz, bugun jamiyat hayotining barça jabhalarida oçiqlik va şaffoflik ta'minlanmoqda. Zamon tez rivojlanmoqda, xalqimizning dunyoqaraşi özgarmoqda», — degan prezident.

Öz çiqişida bu borada ayniqsa, ommaviy axborot vositalari katta rol öynayotgani, ular hayotiy muhim masalalarga e'tiborni qaratib, muammolarni hal etişda kömaklaşayotganini ta'kidlab, şunday degan:

«Demokratik jamiyatning asosiy talablaridan biri ham şu.

Şuni esdan çiqarmaylik, matbuotni faoliyatimizni aks ettiruvçi közgu deb bilişimiz kerak. Afsuski, köp yillar davomida biz ana şu közguga qaraşni özimizga ep körmadik.

Oqibatda haqiqiy qiyofamizni körolmay qoldik. Xalqimizga oçiq-oydin ma'lum bölib turgan aybu nuqsonlarimizni tan olmasdan, «men hammadan zörman» deb özimizga bino qöyib, kekkayib yuraverdik. «Yuzing qiyşiq bölsa, oynadan öpkalama» degan dono maqolni butkul unutib qöydik.

Yillar davomida jamiyatimizda qançadan-qança illatlarning tomir otişi, muammolarning yiğilib qolişining asosiy sabablaridan biri ham şu bölgani, ayni haqiqat», — degan prezident.

Prezident bu gaplarni nima uçun aytayotganini hamma yaxşi tuşunib turganiga urğu bergan.