Forbes: Rahbarning asosiy fazilati intellekt emas...
|00:29 / 08.01.201926 87112 min
Xodimlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritişi uçun nima qiliş kerak? Rahbarning hayotiy kuç-quvvati, şijoati kompaniya muvaffaqiyatiga qançalik ta'sir qilişi haqida Forbes'da qiziqarli ma'lumotlar taqdim etildi.
Hayotiy energiya koeffitsiyenti (VQ) nima?
Butun dunyodagi ham davlat, ham xususiy sektordagi rahbarlar hali-hanuz ularning muvaffaqiyati asosi - yuqori IQ deb hisoblaşadi. Ular fikrlaş, tahlil qiliş va hisob-kitobsiz muvaffaqiyatli faoliyat yuritiş qiyin deb öylaşadi. Biroq bundaylar qattiq adaşişadi!
Işonçimiz komilki, aqlli inson har doim ham yaxşi yetakçi böla olmaydi. IQ darajasi yuqori bölgan kişilarda köpinça muhim bir xususiyat bölmaydi — empatiyaga moyillik, hamdardlik. Ular atrofdagilarga sabrsiz munosabatda bölişadi, boşqalar bilan nazarga ilmay gaplaşişadi va ularning özidek tez fikrlay olmaydigan suhbatdoşlariga bepisand qaraşadi, bunday kişilar bilan muloqot qilişga qiynalişadi.
Bunday "emotsional intellekt" yetişmovçiligi nimaga olib kelişini esa yaxşi bilamiz. Dastavval ajoyib rejalar va strategiyalar, keyin esa — ularni amalga oşirişdagi qiyinçiliklar, bunga ijroçilarni jalb qiliş va ularga motivatsiya beriş darajasining pastligi sabab böladi. Bu öz-özidan yaxşi emas, lekin rahbarlar köpinça muvaffaqiyatning yana bir asosiy omili — VQ'ni nazardan qoçirişadi.
VQ — hayotiy energiya koeffitsiyenti yoki boşqaça aytganda, rahbarlarning öziga va atrofdagilarga kuç-quvvat bağişlaş xususiyati. Yetakçilik asosida özgarişlarni amalga oşirişga moyillik xususiyati yotadi, ammo hatto minimal energiya yetişmasa ham, bunga erişişning iloji yöq. Işonç bilan ta'kidlaş mumkinki, rahbarga muvaffaqiyatli faoliyat uçun VQ darajasi IQ va "emotsional intellekt"dan-da kattaroq ahamiyatga ega.
Uşbu maqolada hayotiy energiya koeffitsiyenti (VQ) bilan belgilanuvçi va yetakçilikka oid beş asosiy jihat haqida söz yuritiladi.
Nima uçun rahbar yuqori VQ'ga ega bölişi kerak?
VQ — bu harakatga keltiruvçi kuç, motor, inson hayoti rağbatlantiruvçisi. Odamlarning özi öziga xos loyiha — işçanlik xususiyatini imkon qadar uzoqroq saqlab qolişga hamda qöyilgan vazifalarni maksimal darajada samarali bajarişga urinuvçi hayotiy funksiyalar tizimi. Uşbu loyiha asosida niyat, maqsad — yaşaş istagi yotadi. VQ qança yuqori bölsa, biz şunça şiddat bilan rivojlanişga, röy berayotgan voqealarni jismoniy, intellektual va hatto emotsional nuqtai nazardan nazorat qilişni istaymiz. VQ darajasi yuqori bölgan odamlar u yoki bu usullar yordamida öz hayotini yaxşilaşga harakat qiladi va şuning uçun ham atrofdagilarga ta'sir ötkaza oladi.
Mavzuga oid
Bu fazilat rahbar uçun muhimmi? Şubhasiz. Yetakçining vazifasi — özgarişlarga sabab böliş va yuzaga keluvçi qarşiliklarni yengib ötiş. Şu tariqa, yuqori VQ — muvaffaqiyatli boşqaruvning yagona bölmasa-da, muhim şarti.
Bundan taşqari, öz VQ darajasini vaziyatga muvofiq nazorat qila olmaydigan rahbarlar yuqori natijalarga erişa olişmaydi. Şunday paytlar böladiki, rahbar boşqalarga özligini namoyiş qilişga imkon berib, öz faolligini biroz susaytirişi va vaziyatga aralaşmasligiga töğri keladi. Xodimlarning tölaqonli rivojlanişi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritişi uçun ularga işonç bildiriş va öz VQ'sini nazorat qilişning özi kifoya.
VQ qayerdan olinadi?
VQ — tuğma sifat. Har bir inson tuğilganidan u yoki bu darajadagi hayotiy kuç-quvvatga ega böladi, şuning uçun ba'zi kişilar boşqalariga qaraganda serğayratroq, keskinroq, şoşqaloqroq, sabrsizroq, faolroq va izlanuvçanroq böladi. Fikrimizça, VQ darajasi butun umr davomida nisbatan bir maromda böladi. Keksalikda içki energiya darajasi özgarmaydi — insonning kasallikka çaliniş yoki jismoniy jihatdan zaiflaşiş holatlari bundan mustasno, şunda ham VQ şunçaki faol namoyon bölmay, ma'lum bir vaqtgaça "öz davri"ni kutadi.
Biroq bu nazariyada juda muhim jihat bor. Mazkur tuşunçani rahbariyatga nisbatan qöllaş uçun VQ'ning ikki bosqiçini körib çiqiş zarur. Birinçisi — salohiyatli VQ: tuğma hayotiy kuç-quvvat, uning yordamida biz öz faoliyatimizni qöllab-quvvatlay olamiz. Ikkinçisi — real VQ, u bizning ayni damda u yoki bu hayotiy vazifalarni bajarişga yordam berayotgan energiyamizdir. Real VQ doim salohiyatlisidan pastroq böladi. Nima uçun deysizmi? Çunki bizni doim hayotiy maqsadlarga intilişda maksimum natijalarga erişişdan uşlab turuvçi, bor salohiyatimizdan töliq foydalaniş imkonini bermaydigan omillar böladi. VQ darajalari örtasidagi tafovutni tartibga soliş turmuşning yuqori darajada ötişini ta'minlaydi va xodimlar holatini nazorat qiliş imkonini beradi. Aynan şu narsa insonga yaxşi rahbar böliş imkonini beradi.
Rahbarning energiyasini oşiriş usullari
Qanday qilib real VQ'ni salohiyatlisiga yaqinlaştiriş mumkin? Yoki, aksinça, qanday qilib mavjud tafovutga e'tibor bermaslik va xavotirlanişni bas qiliş mumkin? Şu örinda Apple asosçisi Stiv Jobsning sözlarini yodga oliş kerak, u birovning hayoti bilan yaşab, vaqtni behuda ketkazmaslikka çaqirgan. U şaxsiy hayotiy maqsadlar va qadriyatlarni izlaş hamda ularga erişiş, şaxsiy qoidalarga amal qiliş insonga çuqur ehtiyojlarni qoniqtiriş va tölaqonli hayot bilan yaşaş imkonini berişini nazarda tutgan. Bu mavjud farqni bartaraf etişga imkon berib, hayotdan qoniqiş hosil qilişga olib keladi. Agar biz hayotimizni ruhan bizdan yiroq kişilar bilan muloqotga sarflaydigan bölsak, tafovut kattalaşib boraveradi va bizda "Hayot" loyihasi izdan çiqayotgandek his paydo böladi.
Sevimli, içki intilişga mukammal muvofiq keluvçi işi bilan şuğullanuvçi odamlarni bir kuzating. Keyin noqobil rahbarning xatti-harakatlaridan jabr körayotgan yoki özi uçun qiziq bölmagan işni bajarişdan çarçagan odamga e'tibor qiling. Örtadagi farqni bartaraf etiş va hayotdan zavqlanib yaşaşni boşlaş uçun nima qiliş kerak?
Rahbarga maslahat: eng avvalo özingizga nazar soling — intilişlaringiz haqida yaxşilab öylab köring, özingizga ma'qul keluvçi maşğulot topişga harakat qiling, özingiz uçun muhim bölgan narsalarni aniqlab oling. Sizga nima deyişgani va nimaga çorlaşgani haqida unuting, özligingizni anglaşga harakat qiling. Özingizni yaxşiroq anglay boşlasangiz, VQ darajangizga baho bering va özingizga savol bering: sizning hayotiy faolligingiz istaklaringizga muvofiq keladimi? Agar energiya darajangiz sizga hayotdan töliq zavq olişga imkon bermayotganini sezsangiz, qilayotgan işingiz, maşğulotlaringiz va qiziqişlaringizni tahlil qiling hamda aynan qayerda nomuvofiqlik borligini aniqlaşga harakat qiling. Şundan söng eng qiyini boşlanadi: hayotingizni VQ tafovutini yöq qiladigan va salohiyatingizni töliq amalga oşiriş imkonini beradigan darajada özgartirişingiz kerak böladi.
Xodimlar energiyasini oşiriş usullari
Energiya yoki VQ'ni oşiriş — muvaffaqiyatli va tölaqonli hayotning zarur şarti. Biroq rahbarlar bir narsani tuşunişi kerak: ularning vazifasi jamoaning boşqa a'zolari energiyasini erkinlikka çiqariş va ularga öz salohiyatini kaşf qilişga kömak berişdan iborat.
Rahbarning vazifasi hamkasblariga VQ'ni "ozodlikka çiqariş" va yaşirin iste'dodlarini töliq namoyiş etişga imkon berişdan iborat.
Buni qanday qiliş kerak? Asosiysi — odamlarning eng yaşirin xohiş-istaklarini qoniqtiriş. Eng samarali usul mana şu. Qobiliyatli rahbarlar xodimlardan bildiriluvçi eng kiçik işoralarga (sözlar, tana tili va ayniqsa hissiyotlarga) asoslanib, şaxsiy maqsadlar va ularga erişişning eng jozibali usullarini aniqlay olişadi. Uşbu ma'lumotni olib, rahbar xodimlarga ularning ehtiyojlariga eng munosib javob beruvçi vazifalarni berişga harakat qilişi kerak. Bu oson iş emas, zero rahbar nafaqat xodimlarning içki ehtiyojlarini aniqlaşi, balki ularning har biri uçun maksimal darajada töğri keluvçi vazifalarni taqsimlaşi zarur.
Busiz jamoani töliq qiziqtirişning uddasidan çiqib bölmaydi. Şu örinda IBM sobiq ijroçi direktori Lu Gerstnerning sözlarini yodga oliş ortiqçalik qilmaydi: "Şubhasiz, qança odam bölsa — motivatsiya usuli ham şunça". Kimnidir pul rağbatlantirsa, boşqa birov karerada ösiş imkoni yoki e'tirofdan rağbat topadi, yana ba'zilar uçun qörquv yoki ğazab eng samarali motivatsiya böladi. Kim uçundir biror yangi narsa haqida biliş imkoni, ta'sir doirasini kengaytiriş, öz faoliyatining aniq natijalarini köriş haqiqiy motivatsiya sifatida xizmat qiladi. Köpçilik yöq bölişdan qörqib harakatga tuşa boşlaydi, ularni kelajakning jozibador kartinasini çizib, ilhomlantiriş mumkin.
Taşkilot darajasida VQ'ni qöllaş
VQ körsatkiçidan nafaqat alohida kişilarga, balki butun bir guruhlar, taşkilotlar va hatto mamlakat va madaniyatlarga nisbatan ham muvaffaqiyatli foydalaniş mumkin.
Kollektivni baholaganda uning yuqori VQ'ga ega ekanligi, öz funksiyalarini faol bajarayotgani yoki past VQ sabab muvaffaqiyatsiz faoliyat yuritayotganini aniqlaş mumkin. Iste'dodli rahbar doim jamoasidagi muhitni kuzatib boradi va energiyaning optimal darajasini qöllab-quvvatlaydi. Guruhni şakllantirişda unga kamida bittadan VQ'li kişini qöşiş zarur — u qolgan barça xodimlarni rağbatlantirib turadi. Agar jamoada bir neça juda serğayrat kişi bölsa, ularning raqobatlaşmayotgani, aksinça, bir-birini töldirayotganiga işonç hosil qiliş zarur — şundagina parçalaniş va xaosni çetlab ötiş mumkin böladi.
VQ'ga doir kuzatuvlarimiz borasida xulosa qilar ekanmiz, kompaniyada yuqori VQ darajasini taşxislaş uçun zamin yasovçi şart-şaroitlarni keltirib ötamiz:
· Jamoani şakllantirişda rahbarlar energiya darajasi turliça bölgan xodimlarni muvaffaqiyatli tanlay olişadi.
· Ijroçi direktor öz his-tuyğularini muayyan bir vaziyat talablariga muvofiq boşqara oladi.
· Xodimlar yangidan-yangi ğoyalar bildirişadi.
· Odamlar öz hissiyotlarini oçiq namoyon qilişga örganişgan.
· Kompaniya içidagi raqobat soğlom xarakterga ega bölib, hurmat va şaxsiy qadr-qimmatga asoslanadi.
· Rahbariyat özini xavf ostiga qöyuvçi xodimlarni qadrlaydi va rağbatlantiradi.
· Odamlar bir-biriga hamda kompaniya rahbariyatiga şaxsiy fikrlarini bayon qiliş va e'tiroz bildirişdan qörqişmaydi.
· Ma'lum bir xodimlarning muvaffaqiyati butun bir jamoani samimiy quvontiradi.
· Jazolaş amaliyoti qöllanmaydi, xatolar esa imkoniyatlarga aylantiriladi.
· Özgarişlarni amalga oşiriş doimiy, töxtovsiz jarayondir.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi