Toşkentda maktab öquvçilari örtasida şaxmat böyiça 15-Osiyo çempionati yakunlandi. Unda 20 ga yaqin mamlakatdan jami 200 ga yaqin iştirokçilar bellaşdilar. Bahslar şaxmatning standart, rapid va blits yönalişlarida 9 kun mobaynida bölib ötdi. 

 Özbekistonlik yoş şaxmatçilar 12 kategoriyada dona surdilar. Yurtdoşlarimiz 19 ta oltin, 13 ta kumuş va 16 ta bronza, jami 48 ta medal olib, umumjamoa hisobida 1-örinni egalladilar.

Foto: Özbekiston şaxmat federatsiyasi

 Jamoaning ğalabasiga Islamov Şahzod, Hamdamova Afruza, Rahmatullayev Almas, Alimova Sevinç, Abdusalimov Abdumalik, Allaberganov Akbar, Mirpölatov Mirabror, Madaminov Muhiddin, Omonova Umida, Şermuhammedov Samandar, Husayinova Ozodalar oltin medallari bilan katta hissa qöşdilar.

Foto: Özbekiston şaxmat federatsiyasi
Foto: Özbekiston şaxmat federatsiyasi
Foto: Özbekiston şaxmat federatsiyasi
Foto: Özbekiston şaxmat federatsiyasi
Foto: Özbekiston şaxmat federatsiyasi
Foto: Özbekiston şaxmat federatsiyasi