Andijon maşinasozlik institutida rahbar özgardi.

Huquqiy axborot kanali xabar berişiça, hukumatning tegişli qarori bilan Umid Muxtaraliyeviç Turdialiyev Andijon maşinasozlik institutining rektori etib tayinlandi.

Şu vaqtgaça Akmaljon Ermatov institut rektori vazifasini bajaruvçi hisoblanardi.

Ma'lumot uçun, Umid Turdialiyev 1980 yilda tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 2005 yilda Farğona politexnika institutni tamomlagan. Texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

2018 yildan TKTI ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori — ÖzR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatib kelgan.