Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Dubay amirining rafiqasi 39 mln dollarga yaqin pulni olib Germaniyaga qochib ketgan
BAA bosh vaziri, Dubay amiri shayx Muhammad bin Rashid Ol Maqtumning rafiqasi yirik miqdordagi pulni olib mamlakatdan qochib ketgan, deb xabar berdi Britaniyaning Sun gazetasi.
Nashrning yozishicha, malika Haya bint al-Husayn shu yilning fevralidan buyon omma oldida ko‘rinish bermagan. Xabarda aytilishicha, u 11 yoshli o‘g‘li va yetti yoshli qizi bilan BAAdan Germaniyaga qochib ketgan hamda u yerdan boshpana so‘ragan va turmush o‘rtog‘i bilan ajrashish uchun hujjat topshirgan. Malika o‘zi bilan 31 million funt sterling (39 million dollarga yaqin) pul olib ketgan.
Sun gazetasining xabariga ko‘ra, malikaning bu harakati BAA va Germaniya o‘rtasida diplomatik inqiroz boshlanishiga olib kelgan. Ayrim ma'lumotlarda aytilishicha, bosh vazir Berlinga turmush o‘rtog‘i va farzandlarini qaytarishni so‘rab murojaat qilgan, ammo rad javobini olgan.
Mavzuga oid
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026
BAA bilan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
17:39 / 22.05.2026