Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Putin va Tramp uchrashuvini Kiyev uchun «xavfli qo‘ng‘iroq» deb atadi
Kiyevni birinchi marta Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi haqida ogohlantirishmadi, bu «xavfli qo‘ng‘iroq» hisoblanadi, deb yozdi Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zining Facebook sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi besh yil davomida bunday bo‘lishi «hech kimning xayoliga ham kelmasdi», chunki Yevropa va AQSh doimo Kiyev bilan o‘z nuqtai nazarini kelishib olardi.
«Qo‘ng‘iroq bo‘lmagani esa nafaqat yangi hukumat, balki barchamiz uchun xavfli qo‘ng‘iroq hisoblanadi», — deb yozdi Poroshenko.
Sobiq prezident Kiyev Putin va Tramp uchrashuvi haqida ogohlantirilmaganidan qay tarzda xabardor ekanligiga aniqlik kiritmagan.
AQSh va Rossiya prezidentlari 28 iyun kuni Osakadagi G20 sammitida uchrashishdi. Uchrashuv 1 soatu 20 daqiqa davom etdi.
Mavzuga oid
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
17:14 / 03.07.2026