O‘zbekiston | 15:58 / 02.07.2019
8124
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zLiDeP raisi o‘rinbosari «Yuksalish» harakatining Toshkent shahar bo‘linmasiga rahbar bo‘ldi

Toshkent shahar hokimligida “Yuksalish” umummilliy Harakatining Toshkent shahar bo‘linmasi rahbarini tanishtirish, tashkilotning rejalari va loyihalari haqida OAvlariga ma'lumot berishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

“Yuksalish” umummilliy Harakatining Toshkent shahar bo‘linmasiga rahbar sifatida Dilshod Shavkatovich Shoumarov saylangan. 

Dilshod Shavkatovich Shoumarov
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

“Yuksalish” umummilliy Harakati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatimizda keng miqyosda olib borilayotgan islohotlarni, shu jumladan, Davlat dasturlarida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini bajarishga ko‘maklashish, shuningdek, fuqarolar, xorijda yashayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirishni maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun: Dilshod Shoumarov 1964 yilning 31 iyulida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1981-1986 yillarda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) sharqshunoslik fakultetida, 1998-2000 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi —  sharqshunos, xalqaro biznes magistri. Mehnat faoliyatini 1986 yilda ToshDUning xalqaro bo‘limi katta inspektori lavozimidan boshlagan. 2015 yilda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylangan. 2014 yildan buyon O‘O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining mafkuraviy va targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid