Yamanning "Ansor Alloh" harakati Saudiya Arabistoniga nisbatan dengiz qamali joriy etadi. Bu haqda harakat vakili Yahyo Saria ma’lum qildi.

"Yaman qurolli kuçlari (husiyçilar) “qamalga qamal” formulasiga muvofiq Saudiya Arabistoni kemalari uçun taqiq e’lon qiladi. Qaror uşbu bayonot e’lon qilinganidan boşlab kuçga kiradi", - deb yozdi u öz Telegram-kanalida.

Bayonotda ta’kidlanişiça, husiyçilar Ar-Riyodning harakatlariga javob beriş huquqiga ega. 

"Qurolli kuçlar voqealarning har qanday rivojiga tayyor. Saudiya Arabistonining har qanday ahmoqligiga keskin javob qaytaramiz", - deyiladi bayonotda.

BMT uşbu bayonot böyiça öz xavotirini bildirdi.

"Biz xabarlarni kördik va husiyçilarning Saudiya Arabistoniga nisbatan yangi tahdidlaridan qattiq xavotirdamiz", - dedi BMT rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.