Samarqand viloyatida 2019 yilning dastlabki beş oyida sudlar tomonidan 2271ta nikohdan ajratiş bilan boğliq hal qiluv qarorlari çiqarilgan. Şundan 1214tasi qanoatlantirilgan. Bu haqda Samarqandda bölib ötgan Xalq deputatlari viloyat kengaşining oltmiş törtinçi sessiyasida viloyat fuqarolik sudi tomonidan ma'lumot berildi.

Mutaxassislar tomonidan nikohdan ajratiş böyiça sudga murojaat qiliş sabablari ham tahlil qilingan. Quyida ajrimlarning asosiy sabablari sanab ötilgan.

Jumladan, 2271ta ajrim işidan 1250tasi oilaviy kelişmovçilik, 192tasi moddiy qiyinçilik, 113tasi farzandsizlik, 59tasi spirtli içimliklar iste'mol qiliş oqibatida ekani oydinlaşgan.

Bundan taşqari, ajraşiş uçun ariza berganlarning yoş toifasi ham tahlil qilingan. Xususan, ajraşiş uçun arizalar 18 yoşdan 25 yoşgaça bölgan fuqarolardan 737ta, 26 yoşdan 35 yoşgaça fuqarolar 1102ta, 35 yoşdan yuqori fuqarolar tomonidan 432ta kelib tuşgan.