LG Electronics (LG) kompaniyasi premium toifali Hyatt Regency Moscow Petrovsky Park biznes-mehmonxonasida jurnalistlar, interer dizaynerlari va me'morlarga uy uçun premium maişiy texnika modellarini taqdim etdi. 2018 yilgi bu modellar qatori InstaViewDoor-in-Door va P-Iskra muzlatgiçlar lineykasi, TWINWash kir yuviş maşinasi, CordZero™ simsiz çangyutgiçlari va NeoChef™ mikrotölqinli peçlarini öz içiga olgan. Ultrapremium qurilmalar qatori nafis InstaViewDoor-in-Door™ muzlatgiçi, yuqori texnologiyali TWINWash™ kir yuviş maşinasi, futuristik iqlim töplami va 4K HDR'li OLED-televizordan iborat. Tadbir mehmonlari e'tiborini MDHda ilk bor namoyiş qilingan LG aqlli texnologiyalari jalb qildi. LG koferentsiyasining turli zonalardan taşkil topgan şou-rumi modalar olamidagi maşhur dizayner va Manhattan Design School dizayn maktabi asosçisi Alyona Sanayeva bilan hammualliflikda işlab çiqilgan.

LG muzlatgiçlarining premium lineykasi

Foto: LG

LG 2018 yilgi yangi InstaView™ Door-in-Door® premium muzlatgiçlari qatorini namoyiş qildi. Muzlatgiç eşigining tonirovka qilingan paneliga ikki marta qoqilsa, u şaffof bölib qoladi hamda foydalanuvçi texnikani oçmay va sovuq havoni taşqariga çiqarmay turib, uning içidagi narsalarni köra oladi. Bundan taşqari, qöşimça Door-in-Door bölimi iste'molçi köp oladigan mahsulotlar va içimliklarni osongina joylaştiriş va oliş imkonini beradi.

Foto: LG

Muzlatiş kamerasi pastda joylaşgan maşhur muzlatgiçlar zamonaviy premium dizayn va yuqori darajali energosamaradorlik, mahsulotlar sarxilligini saqlab qoliş texnologiyalari hamda ekspluatatsiyadagi qulaylikning mukammal uyğunligidir. Köp oqimli MultiAirFlow™ muzlatiş tizimi şarofati bilan muzlatgiçning har bir qatori öz "mikroiqlimi"ga ega, bu mahsulotlarni saqlaş va ularning sarxilligini ta'minlaş uçun optimal şaroitlar yaratiş imkonini beradi.

Muzlatiş kamerasi pastda bölgan muzlatgiçlarda meva va sabzavotlar uçun optimal muvozanat funksiyasi - MoistBalanceCrisper™ közda tutilgan. Qopqoqning maxsus törsimon yuzasi namlik darajasini optimallaştiriş imkonini beradi.

TWINWash premium kir yuviş maşinasi