Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi sammiti asosiy lavozimlarga tayinlovlarni ma'qulladi
Bryusselda bo‘lib o‘tgan shoshilinch sammitda Yevropa Ittifoqiga a'zo 28 ta davlat Yevropadagi eng asosiy lavozimlarga ko‘rsatilgan nomzodlarni ma'qullashdi. Bu haqda Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk ma'lum qildi, deb yozadi TASS.
«Yevropa kengashi Yevropa ittifoqi institutlarining bo‘lajak rahbariyatini ma'qulladi», — degan u.
YeI sammiti GFR mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen nomzodini Yevrokomissiya (YeK) rahbarligiga — o‘z egasiga eng keng haqqoniy vakolatlar beruvchi lavozimga ma'qullagan. Bundan tashqari, yetakchilar Belgiya bosh vaziri Sharl Mishelni Yevropa kengashi rahbari lavozimiga, Ispaniya tashqi ishlar vaziri Jozep Borellni YeI diplomatiyasi rahbarligiga, Xalqaro valuta jamg‘armasi direktori Kristin Lagardni Yevropa Markaziy banki rahbarligiga ilgari surishgan.
Tuskning fikricha, Lagard markaziy bankning eng mustaqil rahbari bo‘ladi. «Men Kristinni ko‘p yillardan beri bilaman va aminmanki u Yevropa Markaziy bankning eng mustaqil raisi bo‘ladi», — degan u.
Sammit yo‘laklaridagi manbalarning TASSga ma'lum qilishlaricha, Lagard nomzodini Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron ilgari surgan. U GFR kansleri Angela Merkelning qo‘llovi bilan bu ishga qo‘l urgan va o‘z navbatida Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyenning Yevrokomissiya rahbarligiga tayinlanishini qo‘llab-quvvatlashini va'da qilgan.
YeI sammiti Lagard nomzodini YeMB rahbarligiga ilgari surgan. Endi bu qarorni Yevropa parlamenti tasdiqlashi kerak. Bu lavozimda u 1 noyabr kuni italiyalik Mario Dragining o‘rnini egallaydi.
Sammit qaroridan ko‘p o‘tmasdan Kristin Lagard YeMB rahbarligiga nomzodi ilgari surilgani uchun XVJ taqsimlovchi direktori vazifasini bajarishni vaqtincha to‘xtatishini e'lon qilgan.
Hozircha noma'lum bo‘lib turgan yagona nomzod — Yevropa parlamentining yangi spikeridir. Manbalarning ma'lumotiga ko‘ra, YeI yetakchilari bu lavozimga Ukrianada tug‘ilgan bolgar siyosatchisi, YePda so‘l yevropa siyosiy kuchlari vakili bo‘lgan Sergey Stanishev nomzodini ko‘rib chiqishgan. Diplomatlarning aytishicha, bir qator Sharqiy Yevropa mamlakatlari «Rossiyaga daxldor o‘tmishi», ya'ni siyosatchi Rossiyada ta'lim olgani, go‘yoki Rossiya fuqarosi ham bo‘lgani uchun Stanishev nomzodiga qarshi chiqishgan.
Endi barcha nomzodlar Yevropa parlamentining yangi tarkibi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Yevropa amaldorlarining joriy mandati 31 oktabr kuni tugaydi.
Mavzuga oid
11:05 / 16.06.2026
Kallas: g‘arb sanksiyalari Rossiyaga 1,3 trln yevroga tushdi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:58 / 04.06.2026