DW xabariga köra, Bloomberg agentligi 1-oktabr kuni vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, Yevropa Ittifoqi Ukrainaning kredit mablağlarini tezroq oliş haqidagi iltimosini qanoatlantirmaganini maʼlum qilgan.

Gap umumiy qiymati 90 mlrd yevro bölgan kreditning bir qismini belgilangan muddatdan oldin beriş haqida bormoqda. Kreditning özi bekor qilingani haqida xabar berilmagan.

Harbiy xarajatlar oşişi qöşimça taqçillikni keltirib çiqargan

Bloomberg maʼlumotlariga köra, Kiyev yozda harbiy xarajatlar ösişi tufayli qöşimça 27 mlrd yevrolik moliyalaştiriş taqçilligiga duç kelganini bildirgan. Ukraina kreditning bir qismini ertaroq olib, joriy yildagi uşbu yetişmovçilikni qoplaşni söragan.

Biroq agentlik manbalarining aytişiça, Bryussel mablağlarni hozir tezlaştirib ajratiş muammoni bartaraf etmasdan, uni 2027-yilga köçirişi mumkin deb hisoblamoqda.

Şu munosabat bilan Yevropa rasmiylari Ukrainaning boşqa hamkorlariga, jumladan, Kanada, Norvegiya va Yaponiyaga qöşimça yordam körsatiş taklifi bilan murojaat qilgan.

Rejaga köra, Yevropa Ittifoqi krediti Ukrainaning moliyaviy ehtiyojlarining uçdan ikki qismini qoplaşi, qolgan qismini esa ittifoqqa kirmaydigan davlatlar taʼminlaşi kutilmoqda.

45 mlrd yevro kelasi yildan ajratiladi

Bloomberğning aniqlik kiritişiça, kreditning 2027-yil uçun möljallangan 45 mlrd yevrolik qismi tezkor tarzda ajratiladi. Biroq bu jarayon kelasi yil boşidan oldin amalga oşirilmaydi.

Ayni paytda Yevropa Ittifoqi va Ukraina qöşimça byudjet hamda mudofaa ehtiyojlarini aniqlaş böyiça iş boşlamoqçi.

37 mlrd yevrolik yordam islohotlarga boğlangan

Sentabr oyida Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Nyu-Yorkda, BMT Boş Assambleyasi doirasida Volodimir Zelenskiy bilan uçraşgan edi.

Uçraşuvda u Yevropa Ittifoqida 2026-yil uçun Ukraina byudjetini qöllab-quvvatlaşga möljallangan yana 37 mlrd yevro mablağ borligini bildirgan. Biroq uşbu mablağlarni ajratiş Kiyev amalga oşirişi kerak bölgan islohotlarga bevosita boğlangan.