Xalqaro press klubda mutaxassislarga AES böyiça köplab savollar berilmoqda, deb yozadi ÖzA.
Boşqa davlatlarga qaram bölib qolmaysizmi? Atom elektr stansiyasida işlovçi mutaxassislar tayyorlanyaptimi?
Qayd etilişiça, bu savollarga Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yöldoşev javob berdi.
– Bu borada yurtimizda mutaxassislar yetarli. Qurilişi yuzasidan ekspertlar işlayapti. Biz energetika sohasida nimaiki yangilik qilmoqçi bölsak, şu stansiya bizga kerak. Olimlar bu borada öz fikrini aytadi va hissasini qöşadi.
Odamlar xavotir olmasin, olimlarimizning salohiyati buni örganiş, tahlil qiliş, fikr bildirişga yetadi. Elektr energiyasi ta'minoti borasidagi darajamiz dunyoda 40-örindan 70-öringa tuşganimiz rost. Sababi bitta, bir joyda depsinib turdik. Lekin mazkur stansiya qurilişi muammolarimizni hal etişga olib keladi. Elektr energiyasi ta'minoti sezilarli darajada yaxşilanadi.
Xavfsizlik, bilim, mas'uliyat juda kerak. Iş boşlandi. Kadrlar tayyorlaş masalasiga ham jiddiy kirişilgan.
Bundan oldin, AES qurilişi uçun tanlangan maydonda muhandislik-tadqiqot işlarining ikkinçi bosqiçiga start berilgandi.









