Joriy yilning 29 iyun kuni atom elektr stansiyasi qurilişi uçun tanlangan Jizzax viloyatidagi Tuzkon köli yaqinidagi hududda muhandislik-tadqiqot işlarining ikkinçi bosqiçini boşladi. Bu haqda «Özatom» agentligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Taşkil etilgan tadbirda «Özatom» agentligi, «Rosatom» davlat korporatsiyasi, Özbekiston geoaxborot şaharsozlik davlat kadastri loyihalaş ilmiy tekşiriş instituti (ÖzGAŞKLITI) mutaxassislari, «Atomstroyeksport» AJ vakillari, hamda Foriş tumani mas'ullari va ommaviy axborot vositalari iştirok etdi.
Atom elektr stansiyasi qurilişi uçun tanlab olingan taxminiy maydonlarda muhandislik-tadqiqot işlarining birinçi bosqiçi yakunlangani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Unda Navoiy va Buxoro viloyatlarining Tödaköl suv ombori yaqinidagi 4 ta, Jizzax viloyatidagi Tuzkon köli atrofida joylaşgan 3 ta maydonda ilmiy-tadqiqot işlari olib borilgani va örganişlar natijasida Jizzax viloyatining Tuzkon köli yaqinidagi hudud atom elektr stansiyasi qurilişi uçun maqbul joy sifatida tanlangani e'lon qilindi.Aynan mana şu atom elektr stansiyasi qurilişi uçun tanlangan hududda muhandislik tadqiqot işlarining ikkinçi bosqiçiga start berildi.

Mazkur hududda «Atomstroyeksport» AJ mutaxassislari tomonidan geofizik, seysmologik tadqiqot işlari amalga oşiriladi. Mutaxassislar hududning geologik va geofizik tahlilini örganib, ulardan olingan natijalar asosida Özbekistonda quriluvçi birinçi atom elektr stansiyasining texnik loyihasini işlab çiqiş işlari davom ettiriladi. Ta'kidlaş lozimki, mazkur tadqiqot işlari jarayoni Özbekiston Respublikasining tegişli vazirliklari va idoralari nazoratida bölib, tadqiqot işlarini taşkil etişda ÖzGAŞKLITI ham jalb etiladi.
Ma'lumot örnida, muhandislik-tadqiqot işlari Özbekiston va Rossiya davlatlari örtasida mamlakatda atom elektr stansiyasi quriş böyiça hamkorlik töğrisidagi kelişuv va mazkur hamkorlik doirasida tasdiqlangan «Yöl xaritasi» ijrosini ta'minlaş yuzasidan, joriy yilning 17 may kuni «Rosatom» davlat korporatsiyasining muhandislik bölimiga qaraşli «Atomstroyeksport» aksiyadorlik jamiyati bilan texnik loyihani işlab çiqiş uçun muhandislik-tadqiqot işlarini olib boriş böyiça şartnoma imzolangan.

















