Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarixiy-madaniy hududlarda binolarni buzish bo‘yicha javobgarlik kuchaytiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy hayotiga doir bir qator qonun loyihalarini muhokama qildilar.
Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston — madaniy meros obektlariga, tarixiy qiymati yuqori inshootlar va manzilgohlarga boy mamlakat. Necha ming yillik o‘tmishimizni o‘zida mujassam etgan osori-atiqalarni avaylab-asrash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanmoqda.
Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalardan biri ham bevosita ana shunga bog‘liq bo‘ldi. Ya'ni, deputatlar moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, tarixiy-madaniy qiymatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan joylarda, ularning qo‘riqlanadigan hududlarida moddiy madaniy meros obekti hisoblanmagan bino, inshoot va boshqa obektlarni ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qildilar.
Loyiha moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish hamda davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi.
Shu bilan birga, mazkur qonun loyihasi moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ko‘zlab qilingan da'volar hamda berilgan arizalar yuzasidan Umumiy yurisdiksiya va iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish hamda bu boradagi qonun hujjatlarini buzishga oid ma'muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha Madaniy meros departamenti, uning hududiy boshqarmalari mansabdor shaxslari tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish hamda qonunda belgilangan tartibda sudga yuborish taklif qilinmoqda.
Deputatlarning qayd etishicha, ushbu loyihaning qabul qilinishi O‘zbekistonning sayyohlik sohasidagi muhim rol o‘ynovchi moddiy madaniy meros obektlari, tarixiy shaharlar va manzilgohlarini ishonchli muhofaza qilishni kuchaytiradi.
Mavzuga oid
10:18 / 11.03.2026
Poytaxtda turizm va madaniyat yo‘nalishiga yangi rahbar tayinlandi
12:22 / 22.01.2026
Urgutdagi bino buzilishiga Madaniy meros boshqarmasi va hokimlik izoh berdi
13:00 / 11.12.2025
Qoraqalpoq o‘tovi YuNeSKO nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
16:13 / 05.12.2025