Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Epizootik vaziyatini örganiş maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuboriş zaruratini aniqlaş mezonlari va yuboriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.
Epizootik vaziyatini örganiş maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuboriş zaruratini aniqlaş mezonlari va yuboriş tartibi töğrisidagi nizomga köra, Özbekiston Respublikasi hududiga veterinariya jihatdan yuqori xavfga ega bölgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirilişi ma'lum bölganda, yangi savdo yönalişlari oçilganda va xorijiy mamlakatlarning ma'lum bir hududlaridan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kelişda hayvonlarning öta xavfli kasallik qözğatuvçilari kirib kelişi xavfi mavjud bölganda, yohud nosoğlom epizootik hududda işlab çiqarilgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar olib kirilişi rejalaştirilgandagina uşbu tovarlar epizootik holatini örganiş maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuboriş zarurati vujudga keladi.
Quyidagi hollarda Özbekiston Respublikasi hududiga davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kiriş rejalaştirilganda mutaxassislarni yuboriş orqali ular yetiştirilgan va işlab çiqarilgan xorijiy mamlakat hududida veterinariya auditi va veterinariya inspeksiya tekşiruvi ötkaziş majburiy hisoblanadi:
a) yuqori veterinariya xavfga ega bölgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirişda:
barça turdagi tirik hayvonlar (yovvoyi hayvonlar, sirk va zoopark hayvonlari, laboratoriya hayvonlari va nomahsuldor hayvonlar bundan mustasno);
termik işlovdan ötmagan kelib çiqişi hayvonotga mansub mahsulot va xomaşyo.
b) örta veterinariya xavfga ega bölgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirişda:
olib kiriş rejalaştirilgan mamlakatda epizootiya tarqalganligi haqida ma'lumotlar mazkur davlat veterinariya xizmati tomonidan ma'lum qilinganda yoki veterinariya sohasidagi xalqaro taşkilot (Butunjahon hayvonlar soğligini himoya qiliş taşkiloti) rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinganda;
xavfni baholaş natijasida davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya xavf darajasi yuqori deb belgilanganda.
Laboratoriya şaroitida “in vitro” usulida tayyorlangan hayvon embrioni hamda transplantatsiya uçun möljallangan naslli materiallar, hayvonlar kasalligiga qarşi vaksinalar işlab çiqariş uçun mikroorganizm vaksina ştammlarini olib keliş uçun mutaxassis yuboriş masalasi murojaatçining söroviga asosan alohida tartibda Özbekiston Respublikasi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan körib çiqiladi.












