Hindistonning Lakxnau şahrida bir erkak tiriklayin dafn qilinişiga bir baxya qoldi. Bu haqda NDTV portali xabar berdi.

Furkan Muhammad yöl-transport hodisasiga uçragaç, xususiy klinikaga yetkazilgan. Jabrlanuvçining ukasi Irfon Muhammadning aytişiça, uning oilasi akasining davolanişi uçun 3 kunga 700 ming rupiy tölagan.

“Bizda pul yöqligini aytganimizdan keyin ular akamni ölgan deb e'lon qilişdi”, deb aytgan Muhammad.

Şundan keyin erkakning yaqinlari uning dafnini taşkillaştirişgan. Biroq dafn marosimi vaqtida ba'zilar murdaning qöl-oyoqlari qimirlayotganini sezib qolişgan. Şundan keyin erkak darhol şifoxonaga yetkazilgan va u yerda şifokorlar erkakning tirik ekanligini tasdiqlaşgan. Erkak darhol öpkani sun'iy şamollatiş qurilmasiga ulangan.

“Bemor oğir ahvolda edi, u aniq ölmagan. Unda puls, qon bosimi bor, reflekslar işlamoqda”, deb aytgan şifokor.

Ta'kidlanişiça, uşbu voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.