Qonunçilikda jamoat joyi deb hisoblanuvçi yerlar aniq belgilab qöyilgan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Quyidagilar jamoat joylari hisoblanadi:
- statsionar savdo obektlari, umumiy ovqatlaniş korxonalari;
- kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert, körik va körgazma zallari hamda ommaviy dam oliş uçun yopiq inşootlar;
- klublar, diskotekalar, kompyuter zallari, Internet xizmatlari körsatiş uçun jihozlangan xonalar yoxud boşqa köngiloçar joylar;
- muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari va ma'ruzaxonalar;
- mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlar, şahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlari, daryo kemalari, şahar, şahar atrofiga, şaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslar, taksilar, yönalişli taksilar hamda şahar elektr transporti, havo kemalari;
- yer osti ötiş joylari, transport bekatlari va avtotransport vositalarini vaqtinçalik saqlaş joylari;
- aeroportlarning, temir yöl, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolari;
- davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining, xöjalik boşqaruvi organlarining, şuningdek korxonalar, muassasalar va taşkilotlarning binolari;
- soğliqni saqlaş tizimi muassasalari va taşkilotlari, ta'lim muassasalari, jismoniy tarbiya-soğlomlaştiriş va sport inşootlari;
- iş joylari bölgan xonalar;
- köp kvartirali uylarning yölaklari, şuningdek uylar oldi hududida joylaşgan bolalar va sport maydonçalari;
- xiyobonlar, boğlar, köçalar va boşqa joylar.
Jamoat joylarida quyidagilar taqiqlanadi:
- tamaki mahsulotlarini iste'mol qiliş, şuningdek çilim va elektron sigaretalar çekiş;
- uyatli sözlar bilan sökiniş, haqoratomuz şilqimlik qiliş hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyiştaligini buzuvçi şu kabi boşqa xatti-harakatlarni sodir etiş;
- alkogol mahsulotini iste'mol qiliş;
- tilançilik qiliş;
- röyxatdan ötkazilmagan bayroqlar va vimpellardan foydalaniş;
- it va muşuklarni tumşuqboğsiz va yetovsiz olib yuriş.
Jamoat joylarida mazkur xatti-harakatlarni sodir etiş ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab böladi.










