Utair aviakompaniyasiga qaraşli Boeing 737 samolyoti konditsioner tizimida nosozlik yuz bergani sababli "Vnukovo" aeroportiga qaytişga majbur böldi.

Xabar qilinişiça, samolyot Moskva-Berlin yönalişi böyiça parvozga otlangan. Ammo texnik nosozlik yuz bergani sababli Kaunas şahri ustidan ortiga qaytgan va "Vnukovo" aeroportiga qöngan.

Avvalroq Boeing kompaniyasi muammoli 737 Max samolyotlarini yetkazib berişga yirik bitimdan mahrum bölgani xabar qilingandi. VVS telekanalining bildirişiça Saudiya Arabistonining Saudia aviakompaniyasi egalik qiluvçi Flyadeal loukosteri bu modeldagi samolyotlarni sotib olişni rad etgan.