Bugun, 2024 yil 18 fevral kuni ertalab Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining bir qança hududlarida noqulay ob-havo va kuçli şamol tufayli 50 mingdan oşiq iste’molçi vaqtinçalik elektr ta’minotidan uzilgandi.

Energetika vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, Samarqand va Jizzax viloyatida elektr tarmoqlarida vujudga kelgan nosozliklar töliq bartaraf etilgan.

“Viloyat elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf yuzasidan olib borilgan tezkor çoralar natijasida mazkur viloyatlarning barça hududlarida elektr energiyasi ta’minoti qayta tiklandi. Keltirilgan noqulayliklar uçun iste’molçilardan uzr söraymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ertalab berilgan xabarda Buxoro viloyatida ham noqulay ob-havo va kuçli şamol tufayli 15 ming iste’molçi vaqtinçalik elektr ta’minotidan uzilgani haqida xabar qilingandi. Hozirça bu viloyatdagi vaziyat haqida xabar berilmadi.

Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining ayrim hududlarida çiroq öçib, yonib turgani aytilmoqda. Balki bu sovuq tufayli tarmoqlar qizib yaroqsiz holga tuşişining oldini oliş uçun maqsadli amalga oşirilayotgan bölişi ham mumkin.