Jinoyat işlari böyiça Çinoz tuman sudi raisi qölga olindi. Bu haqda Kun.uz’ning huquqni muhofaza qiluvçi organlardagi manbasi xabar qildi.

Qayd etilişiça, jinoyat işlari böyiça Çinoz tuman sudi raisi M. X. 5 iyul kuni öz xizmat xonasida huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan uşlangan. 

Manba ma'lumotiga köra, sud raisi 3 000 AQŞ dollari miqdorida pora olişda ayblanmoqda. 

Bildirilişiça, M.X.ga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatildi.

Eslatib ötamiz, 2019 yilning beş oyida turli lavozimlardagi 417 mansabdor şaxsga 420ta jinoiy iş qözğatilgan. 206ta jinoyat işi böyiça 284 mansabdor şaxs javobgarlikka tortilgan. 

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 21 nafari pora oliş, 11 nafari pora beriş jinoyati uçun javobgar bölgan.