Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlaş, neft-gaz tarmoğini moliyaviy soğlomlaştiriş va uning boşqaruv tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan belgilanişiça, gaz ta'minoti böyiça viloyat, tumanlararo (şahar) filiallariga yoki ularning uçastkalariga biriktirilgan gaz ta'minoti obektlari davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida gaz taqsimlaş tarmoqlari va tegişli uskunalarni ekspluatatsiya qiliş va iste'molçilarga tabiiy gazni sotiş funksiyalarini bajariş uçun xususiy operatorlar boşqaruviga bosqiçma-bosqiç beriladi.

2019 yil 1 sentyabrga qadar Gaz taqsimlaş tarmoqlari va tegişli uskunalarni ekspluatatsiya qiliş, şuningdek, iste'molçilarga tabiiy gazni sotiş funksiyalarini davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida bajariş uçun gaz ta'minoti obektlarini xususiy operatorlarga beriş tartibi töğrisidagi nizom loyihasi işlab çiqiladi.

Bunda, şu jumladan, investorlarni tanlaş, şartnomani tuziş va bekor qiliş, şuningdek, vositaçilik tölovlari miqdorini belgilaş va tölaş tartibi közda tutiladi.