Özbekiston Respublikasi prezidenti “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlaş, neft-gaz tarmoğini moliyaviy soğlomlaştiriş va uning boşqaruv tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi:
a) Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Öztransgaz” AJ, “Özbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvçi taşkilotlarni qayta taşkil qiliş böyiça har bir tadbirning aniq amalga oşiriş muddati va mas'ul şaxslar körsatilgan çora-tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi, bunda qayta taşkil qilinayotgan “Öztransgaz” AJ, “Özbekneftgaz” AJ taşkilotlarining aktivlari va majburiyatlarini xatlovdan ötkaziş, korporativ boşqaruvning zamonaviy şakllarini joriy qiliş, uşbu aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengaşi tarkibiga mustaqil a'zolarni jalb qiliş nazarda tutiladi;
b) Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 oktyabrga qadar XMI/XHMT va xalqaro konsalting kompaniyalarining texnik kömagida “Özbekneftgaz” AJ, “Öztransgaz” AJ va “Hududgazta'minot” AJdagi rahbarlik lavozimlariga neft-gaz tarmoğidagi yirik xorijiy kompaniyalarda yoki xalqaro boşqaruv kompaniyalarida işlaş tajribasiga ega bölgan menejyerlarni jalb qiliş yuzasidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
v) 2019 yil 1 sentyabrga qadar Gaz taqsimlaş tarmoqlari va tegişli uskunalarni ekspluatatsiya qiliş, şuningdek, iste'molçilarga tabiiy gazni sotiş funksiyalarini davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida bajariş uçun gaz ta'minoti obektlarini xususiy operatorlarga beriş tartibi töğrisidagi nizom loyihasini işlab çiqsin, bunda, şu jumladan, investorlarni tanlaş, şartnomani tuziş va bekor qiliş, şuningdek, vositaçilik tölovlari miqdorini belgilaş va tölaş, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining boşqaruvga beriladigan hududda tabiiy gaz uçun tölovlarni yiğiş böyiça vazifalarini ularga beriş tartibi va investorlarga qöyiladigan boşqa talablar közda tutiladi;
g) 2019 yil 1 sentyabrga qadar Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oşirilayotgan va işlab çiqilayotgan investitsiya loyihalarining doimiy monitoringi, foydalanilayotgan konlar va quduqlar supervayzingini amalga oşiriş uçun xalqaro muhandislik-maslahat kompaniyalarini jalb qilişni közda tutuvçi tartibni işlab çiqadi;
d) Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi, “Özbekneftgaz” AJ bilan birgalikda 2019 yil 1 oktyabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvçi Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:








