Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil 1 fevraldagi farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi taşkil etildi. «Özbekneftgaz» boşqaruvi raisi, boş vazir örinbosari lavozimida işlab kelgan Alişer Sultonov yangi vazirlikka rahbar etib tayinlandi.

Kun.uz Alişer Sultonov bilan yoqilği-energetika sohasidagi hozirgi vaziyat, investitsiyalar, yevroobligatsiyalar, qayta tiklanuvçi energiya manbalari yuzasidan intervyu uyuştirdi. Suhbat davomida Alişer Sultonov AES va narxlar böyiça ham qiziq ma'lumotlar berdi.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

https://mover.uz/video/embed/aGSlRcE/

- Hozirgi kunda ekspertlar, bankirlar Özbekiston neft-gaz sohasini investitsion jozibadorlik nuqtai nazaridan qanday baholaşmoqda?

- Mening fikrimça, investitsion jozibadorlik aslida kompaniyalarda paydo bölgan qiziqişni isbotlaydi. Oddiy kompaniyalar emas, balki Özbekiston bozoriga kirişga tayyor turgan jahondagi yetakçi kompaniyalar. Ular bizning mamlakatda yuz berayotgan özgarişlarga işonişdi. Ular davlatimizda sodir bölayotgan barça jarayonlar naqadar şaffoflikka ega bölganini körişdi. Bugunning özidayoq Özbekistonda British Petroleum, SOCAR kompaniyalari mavjudligini köriş mumkin. Şuningdek, Total, Mubadala, «Novatek», «Zarubejneft», «Tatneft», «Lukoyl». «Zarubejneft» bilan Andijonda qöşma korxona taşkil etildi. «Lukoyl» Navoiy viloyatidagi uçta yangi blokda iş boşlaydi. Köplab kompaniyalar bugun Özbekistonda nafaqat geologiya-qidiruv, uglevodorodlar qazib oliş, balki uglevodorod resurslarini qayta işlaşga qiziqiş bildirmoqda. Hozir Amerika kompaniyasi va «Özbekneftgaz», Özkimyosanoati bilan hamkorlikda yirik gaz-kimyo klasterini yaratiş böyiça muzokaralar olib borilmoqda. Bu Buxoro viloyati, Gazli şahrida amalga oşiriladi.

- «Özbekneftgaz» ilk yevroobligatsiyalar çiqarişga tayyorlanmoqda. Bu jarayon hozir qanday keçmoqda?

- Joriy yil bizning milliy yevroobligatsiyalarimiz juda muvaffaqiyatli çiqarildi. Menimça, bu xalqaro bozorda juda ajoyib debyutga aylandi. Bu Özbekistonning reytingini kötardi, kompaniyalarimizning uşbu qarz bozorlaridagi işini yaxşilaydi. «Özbekneftgaz»dagi iş ikki yildan beri olib borilyapti. Bu oson emas. Bunda kompaniya hisobotlarni xalqaro standartlarga ötkazişi, sönggi 2-3 yil uçun xalqaro kompaniya auditni amalga oşirişi, bu audit birja talablariga javob berişi kerak. Ha, bu bozorlarga çiqiş muddatini biroz ortga surişi mumkin, lekin bu kompaniya qiymati oşişiga turtki böladi. Sababi bugun biz normal, rentabelli hamda işlayotgan «Özbekneftgaz» kompaniyasiga ega bölmoqçimiz.