Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniel Rozenblyum: «Donald Trampning O‘zbekistonga tashrif buyurishi bo‘yicha rejalar yo‘q»
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum Toshkentda jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida unga Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning O‘zbekistonga tashrif buyurish rejalari bor yoki yo‘qligi haqida savol berildi.
«Bilishimcha, AQSh prezidenti Donald Tramp, Qo‘shma Shtatlar vitse-prezidenti yoki davlat kotibining O‘zbekistonga tashrif buyurishi bo‘yicha rejalar yo‘q. Biroq, ba'zida hammasi juda kutilmagan tarzda o‘zgarib ketishi mumkin. O‘ylashimcha, AQSh oliy rahbariyatining tashrifi amalga oshsa, bu mening elchi sifatidagi ishimga ham turtki beradi. Men bundan faqat xursand bo‘laman.
Lekin jahonning ba'zi nuqtalarida inqirozlar kuzatilmoqda, shuningdek, boshqa dolzarb tadbirlar bor. Afsuski, yetakchilarimizning bor diqqat-eʼtibori o‘sha yerga qaratilgan. Sababi, Markaziy Osiyoda hozir barqarorlik hukm surmoqda», - dedi elchi.
Bundan oldin, AQSh elchisi «Tinchlik korpusi» O‘zbekistonga qaytishi haqidagi savolga javob qaytargandi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026