Joriy yilning aprel oyida Istanbulda dunyoning eng ulkan va zamonaviy aeroportiga aylanişi kutilayotgan yangi aeroport iş boşladi. U özining haybati, bejirim dizayni va kengligi bilan birinçi daqiqalardanoq hayratga sola boşlaydi. KUN.UZ muxbiri mazkur aeroportga taşrif buyurib, maxsus reportaj tayyorlaşga muvaffaq böldi.
Quyida siz yangi aeroportning suratlarini tomoşa qilgan holda, obekt haqidagi 5ta qiziqarli faktni bilib olişingiz mumkin.
1. Quriliş bosqiçi va jarayoni
Turkiya hukumati 2013 yilda yangi aeroport qurilişiga tender e'lon qilgan edi. Natijalarga köra, IGA konserni boşqaruvni qölga kiritdi.

Loyiha qurilişi tört bosqiçdan iborat bölib, u 2023 yilda töliq bitişi kutilmoqda. Birinçi bosqiç qurilişi 2018 yilning oktabr oyida nihoyasiga yetgan edi.

Investorlar va hamkorlar mazkur loyihaga 11 mlrd. yevro ajratişgani haqida xabar mavjud. Quriliş yakuniga qadar investitsiya qiymati 22 mlrd. yevroga yetişi mumkin.

Yangi aeroport dizaynini britaniyalik Skott Brauning yaratdi. Bino intererida islom va turk san'atiga xos naqş va ornamentlardan foydalanilgan.
2. Aeroport tuzilişi
Yangi Istanbul aeroporti şahar markazidan şimoli-ğarbda 35 km.da, Arnavutkyoy provinsiyasida joylaşgan. U birgina ulkan terminaldan iborat bölib, 5 blok hamda 114 geytdan iborat.

A, B, D, F — xalqaro reyslar, G — mahalliy reyslar uçun möljallangan.





























