Hukumat qarori bilan Toşkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali taşkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, kimyoviy texnologiyalar sohasida malakali kadrlar tayyorlaş va qayta tayyorlaş, korxonalarning muammolarini hal etişga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantiriş Filialning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

2019/2020 öquv yilida Filialga davlat buyurtmasi asosida öqişga qabul qiliş parametrlari ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasining qaroriga asosan tasdiqlanadi. 

2020/2021 öquv yilidan boşlab talabalarni qabul qiliş soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş parametrlaridan kelib çiqqan holda belgilanadi.

Qaror bilan Filial öz faoliyatini Yangiyer quriliş va kommunal xöjalik kasb-hunar kollejining bino va inşootlarida olib boradi.

Mazkur kasb-hunar kolleji öquvçilari öqişni bitirgunlariga qadar Filial binolarida öquv jarayonini davom ettiradi.

Şuningdek, Filialni yuqori malakali, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar bilan ta'minlaş maqsadida Filial uçun ilmiy-tadqiqot institutlari va respublikaning yetakçi oliy ta'lim muassasalarida tayanç doktoranturaga 2020 yildan maqsadli kvotalar ajratilişi ta'minlanadi.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda OTM soni 110taga yetdi. Şundan:

91 ta mahalliy OTM va ularning filiallari;
19 ta xorijiy OTM va ularning filiallari.

Bugungi kunda respublikadagi 92 ta OTMda öquv-tarbiya jarayonlari olib borilmoqda, 18 ta OTMga talabalar 2019/2020 öquv yilidan qabul qilinadi.