Toşkent şahri va Toşkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlaş sohasida yuridik kadrlar tayyorlaş va qayta tayyorlaş böyiça Toşkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslaştirilgan filiali taşkil etildi.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, filialda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlaş» soha mutaxassisligi böyiça yuridik kadrlarni tayyorlaş kunduzgi ta'lim şaklida bakalavriatning maxsus uç yillik dasturi böyiça belgilangan namunadagi diplom berilgan holda amalga oşiriladi.

Unda yuridik kadrlarni tayyorlaşga yoşi ön sakkizdan kiçik va yigirma beşdan katta bölmagan Özbekiston Respublikasining fuqarolari test sinovlari asosida öqişga qabul qilinadi. Toşkent şahri yoki Toşkent viloyatida doimiy propiskada bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolaridan yuridik kadrlarni tayyorlaş böyiça öqişga hujjat topşirişda umumiy örta ta'lim (11-sinf negizida) yoki örta-maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga ega, soğliğining holati böyiça xodim yoki harbiy xizmatçining xizmat majburiyatlarini bajarişga qodirligiga e'tibor beriladi. Öqişga qabul qilişda talabgor böyining balandligi maxsus antropometrik parametrlarga javob berişi, ya'ni erkaklarga – 165 santimetrdan, ayollarga – 160 santimetrdan past bölmasligi talab etiladi.

2019/2020 öquv yilida jami 268 nafar talabalar öqişga qabul qilindi. Filial diplomining mavjudligi içki işlar organlariga Özbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida maxsus kasbiy tayyorgarlikni ötmasdan, «leytenant» maxsus unvoni berilgan holda xizmatga qabul qiliş uçun asos böladi. Filialda öqişni tamomlaganlar Toşkent şahri va Toşkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlaş tizimida kamida 5 yil işlab beriş majburiyatini oladilar.