Uç şaharda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining filiallari oçiladi. Bu haqda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştirişga qaratilgan “Yöl xaritasi” loyihasida aytilgan.
Qayd etilişiça, respublika viloyatlarida universitetning filiallarini oçiş möljallanmoqda. Bunda:
2022 yil Qarşi şahrida;
2023 yil Nukus şahrida;
2024 yil Urganç şahrida
Bu borada hududlarda kadrlarga bölgan talabni örganiş, kadrlarga talab mavjud bölgan hududlarda hokimliklar bilan kelişilgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlaş, hokimliklar yordamida yillar kesimida universitet filiali taşkil etiş uçun moddiy texnika bazasini yaratiş, yillar kesimida hududlarda universitet filiallarida öquv jarayonini taşkil etiş, davlat ta'lim standartlari, malaka talablari, öquv rejalari va fan dasturlarining loyihalarini işlab çiqiş hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligiga kiritiş rejalaştirilgan.
Mas'ullar - Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, viloyat hokimliklari, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti.













