“Toşkent şahrida Sankt-Peterburg davlat universiteti Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filiali faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda belgilanişiça, filial ta'lim faoliyatini 2021/2022 öquv yilidan boşlaydi. Bu yerda öqiş hozirça kunduzgi, keyinçalik sirtqi va boşqa ta'lim şaklida, ta'lim jarayoni rus tilida, keyinçalik boşqa tillarda olib boriladi.
Uşbu OTM bitiruvçilariga Özbekistonda oliy ma'lumot töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan, universitetning belgilangan namunasidagi diplomi beriladi.
Filialga talabalarni öqişga qabul qiliş davlat granti hamda tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Bunda, davlat granti asosida ta'lim olgan filial bitiruvçilari uç yildan kam bölmagan muddatga majburiy işlab beriş şarti bilan Özbekiston davlat organlari va taşkilotlariga taqsimlanadi.
Qarorga asosan filialda bakalavriat va magistratura bosqiçlarida filologiya, mamlakatşunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, biotibbiyot yönalişlarida kadrlar tayyorlanadi.
Filialga Toşkent davlat şarqşunoslik universitetining Toşkent şahar Mirobod tumani, Şahrisabz köçasi, 16-uy manzilida joylaşgan bino ajratiladi.













