Germaniya kansleri Angela Merkel 10 iyul kuni Finlyandiya boş vaziri Antti Rinne bilan uçraşuv vaqtida yana özini yomon his qildi. Bir oy içida uçinçi marta kansler xonimni rasmiy uçraşuv vaqtida titroq tutib qoldi. Bu holat Germaniya fuqarolarida xavotir uyğotmoqda. Xöş, ahvol qançalik jiddiy?
Matbuot kotibidan çiqqan kansler
Keling, avvalo Germaniya tarixidagi ilk ayol kansler hisoblangan Merkel xonimning siyosatga qanday kirib kelganiga nazar solsak. Angela Merkel yoşligidan kimyo va fizikaga qiziqqani bois universitetni ham şu mutaxassislik böyiça bitiradi. Merkel 1989 yilda «Demokratik yangilaniş» partiyasiga işga kirganida, köpçilik tanişlari hayron qolişadi, çunki u atrofdagilarida ilm kişisi bölib taassurot qoldirgandi-da. Partiyaning kiçik lavozimlarida işlab yurgan Merkel keyinçalik matbuot xizmatida işlay boşlaydi va aynan şu lavozimda uning tom ma'noda siyosiy faoliyati boşlanadi.
1990 yilda Merkel GDR Ministrlar kengaşi raisining matbuot kotibiga örinbosar böladi. Ikkita Germaniyaning birlaşiş jarayonida bevosita qatnaşgan Merkel sekin-asta siyosat olamida tanila boradi. Merkelning tavsiyasiga köra 1990 yilgi saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uçragan «Demokratik yangilaniş» partiyasi öşa vaqtda hukmron bölgan XDK (Xristian-demokratlar kengaşi) partiyasi bilan birlaşişga qaror qiladi. 2 oktabr kuni «Demokratik yangilaniş» XDK tarkibiga qöşilişiga bağişlangan tadbirda Merkel nutq sözlaydi. 3 oktabr kuni esa Germaniya birlaşadi. Şu bilan Merkelning matbuot kotibi sifatida faoliyati ham yakunlanadi va u hukumatda maslahatçi sifatida iş boşlaydi.
1991 yil yanvarda Merkel yangi Germaniyaning xotin-qizlar va yoşlar işlari böyiça vaziri böladi. Siyosat pillapoyasida tez kötarilayotgan Angelani «Kolning qizi» (Gelmut Kol, öşa vaqtdagi Germaniya federal kansleri) deb atay boşlaşadi. 1994 yilda esa Merkel ança jiddiy vazirlikka rahbar böladi. Saylovlarda 48,6 % ovoz olgan bölajak kansler Tabiatni muhofaza qiliş va yadro xavfsizligi vaziri böladi. Kimyo bilimdoni bölgan Merkel uçun bu özining işi edi.
XDKda rahbar özgarib, partiya rahbarligiga Volfgang Şoyble kelgaç, Merkel boş kotib böladi. 2000 yil 18 fevralda XDK raisi Volfgang Şoyble öz lavozimidan ketişini ma'lum qiladi. Rahbarsiz qolgan partiya nazorati esa kutilganidek boş kotib Angela Merkel qöliga ötadi.
Mavzuga oid
Öşa vaqtlarda partiyaning köplab vakillari, jumladan sobiq kansler Gelmut Kol ham iqtisodiy mojarolarga öralaşib qolgandi. Merkel esa bunday işlarga aralaşmagani bois partiya içida katta obröga ega bölgandi. 2000 yil 10 aprelda XDK partiyasi rahbarligiga saylov ötkaziladi va Merkel 935 a'zodan 897 nafarining qöllovi bilan partiya rahbari böladi.
2005 yil 18 sentyabrda Germaniyada muddatidan avval parlament saylovlari ötkaziladi. Xristian-demokratlar kengaşi hamda Xristian-sotsiallar kengaşi federal kansler lavozimiga Angela Merkel nomzodini taklif qilişadi. Merkel kutilganidan ança past ovoz olib bölsa-da (35,2 %) saylovda ğolib böladi. 2005 yil 22 noyabr kuni 611 deputatdan 397 nafari Merkelning kansler bölişiga rozi böladi va Angela Merkel Germaniya tarixida ilk marta federal kansler lavozimini egallagan ayolga aylanadi. Mamlakatdagi ayollar buni şaxsiy ğalabalari deb kutib olişadi.
Kansler bölganidan söng yana uç marta qayta saylangan Merkel «Forbs» jurnali tomonidan 12 marta yilning eng kuçli siyosatçi ayoli deb topilgan. 2006 va 2007 yillarda «Taym» jurnali Merkelni dunyoning eng ta'siri katta 100 nafar odami röyxatiga kiritadi. 2015 yilda esa bu obröli naşr Merkel xonimni yil odami deb topadi.
Siyosatda katta yutuqlarga erişgan Merkelning farzandi yöq. U ikki marta turmuş qurgan, ammo farzand körmagan.
Merkelning siyosatga kirib kelişini bejizga eslamadik. U barçasiga mehnat sabab erişgan. Merkel xonimning siyosatdagi yöliga mehnat qiliş nuqtai nazaridan örnak sifatida qaraş mumkin. Sözamolligi bilan har qanday holatdan çiqib keta oladigan Merkel dunyo siyosatida katta obröga ega. Biroq oxirgi vaqtlarda Merkelning siyosiy faoliyatidan köra uning salomatligi köproq muhokama qilinmoqda...
Bir oyda uç marta...
Hammasi 18 iyunda boşlandi. Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ilk marta uçraşuv vaqtida Merkelning ahvoli yomonlaşdi. Davlat madhiyalari yangrayotgan paytda uni titroq tutib qoldi. Bunday holatni kutmagan Zelenskiy esa nima qilişini bilmay hayron qoldi. Öşa holatdan söng butun dunyo Merkelning salomatligi haqida gapira boşladi. Matbuot anjumanida ham bu haqda söraşdi va kansler barçasiga issiq sababligini aytdi: «Uç stakan suv içgaç, ahvolim yaxşilandi. Menga aynan suv yetişmadi. Hammasi joyida».
Ikkinçi titroq Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer bilan uçraşuvga töğri keldi. Bu gal Merkel xonim issiqni bahona qila olmasdi, çunki uçraşuv yopiq binoda ötkazilayotgan va turgan gapki u yerda konditsioner işlagan. Birinçi titroq vaqtida Merkelning yonidagi Zelenskiy «qoqqan qoziqdek» turgan bölsa, bu gal Ştaynmayyer kanslerdan ahvolini söradi, qöriqçilardan biri esa suv olib keldi, ammo Merkel qöli bilan işora qilib, suvni rad etdi.
Germaniya kanslerining haqiqiy holati uning özi va şifokoriga ayon, ammo dunyoning kuçli şifokorlari uni tekşirib köriş imkoni bölmasa-da, tasavvurlarini aytişmoqda.
Masalan, londonlik doktor Mayk Fitspatrikning «Daily Telegraph»ga ma'lum qilişiça, odam issiqdan bunday titramaydi: «Oçlikdan şunday holga tuşiş mumkin, lekin issiqdan emas. Tutqanoq esa ikki daqiqagaça davom etişi mumkin va u odam tanasidagi harorat normal holatga tuşganidan keyin ötib ketadi. Bu holat aynan tutqanoqqa öxşadi», – deydi şifokor.
«Qanday kelgan bölsa, şunday ötib ketadi...»
Kansler özining holatida jiddiy özgariş yöqligiga işontirişga urinmoqda. Uning aytişiça, hammasi qanday kelgan bölsa, şunday ötib ketadi: «Hammasi qanday kelgan bölsa, şunday ötib ketadi. Özimni yaxşi his qilyapman, bu borada ortiq heç nima deya olmayman».
Germaniyalik poygaçi Şumaxerni davolagan maşhur şifokor Kristof Şpext kansler xonim bilan kuzatilgan holatning oltita ehtimoliy sababini sanadi. Ulardan eng asosiysi qandli diabet bilan boğliq. Şifokorning ta'kidlaşiça, qonda şakar miqdorining kamligi bemorda xuddi şunday boşqarib bölmas titroqni keltirib çiqaradi.
Yana bir sabab sifatida tananing zöriqişi keltirilgan. Masalan, odam asabiylaşişga qarşi tabletkalar qabul qilişi sabab tanada zöriqiş paydo bölişi mumkin. Şifokorning aytişiça, qalqonsimon bezning haddan taşqari faolligi ham titroqni keltirib çiqaradi.
Albatta, şifokor bu yerda yoş omilini ham unutmaslik kerakligini ilova qildi: «Tremor, ya'ni bunday titraş 60 yoşdan oşganlarda uçraydi va u odam harakat qilişi bilan töxtaydi».
Dunyo şifokorlari yana köplab variantlarni ma'lum qilişmoqda. Ulardan birida aytilişiça, Merkel Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uçraşuvdan oldin juda köp qahva içgan va keragidan kam suv iste'mol qilgan.
Ikkinçi marta takrorlangan titroqda esa ruhiy sabab ham keltirildi. Ruhşunoslarning tusmoliça, titroq paydo bölişidan qörqiş ham uning takrorlanişiga sabab bölişi mumkin. Odamlar orasida titroq Parkinson kasalligining alomati bölişi mumkinligi ham muhokama qilinmoqda, lekin professional şifokorlar buni keskin rad etişdi. Ular bu kasallikda titroq uzoqroq davom etişini aytişmoqda.
OAVda Merkel 2014 yilda matbuot anjumanini kutilmaganda tark etgani va bunga sabab sifatida qon bosimining tuşib ketganini keltirgani ham eslandi. 2014 yil Kyolnda ham Merkelni titroq tutgandi. 2015 yil Bayroytda opera eşitayotgan kansler stuldan yiqilib tuşgandi. Bu hodisaning sababi sifatida stulning singanini keltirişgandi, lekin kansler uçun singan stul qöyilganiga işoniş qiyin. Merkel xonimni Meksikaga safari vaqtida ham titroq tutgan.
Bir oy içida uç martalab takrorlangan xurujning yana bir ehtimoliy sababi sifatida qon aylanişidagi muammoni keltirişmoqda. Xuruj suv içiş bilan ötib ketgani uning aynan qon aylaniş bilan boğliqligiga işora qilmoqda, deb hisoblaydi bir guruh şifokorlar.
Ana şunaqa gaplar. Nima bölganda ham, Merkel xonimga salomatlik tilaymiz. Katta yettilik davlat rahbarlari orasida eng uzoq vaqt hukumat tepasida bölayotgan Merkel ular orasida eng adekvati ham hisoblanadi.
Bundesfrau 2021 yilda siyosatdan ketişini ma'lum qilgan. Umid qilamiz, kansler xonim özi oxirgisi deb atagan muddatni eson-omon tugatib qöyadi...
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi