«Özbekneftgaz» kompaniyasi «Lukoyl» bilan 600 mln dollarlik qarzni qaytariş jarayoni töğrisida kelişib oldi. Uşbu qarz Rossiya kompaniyasi tomonidan Özbekistonda eksport uçun qazib olingan gazni xarid qiliş natijasida şakllangan. Bu haqda «Özbekneftgaz» rahbari Bahodir Sidiqov ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Biz «Lukoyl» böyiça kelişib oldik. Bugungi kunda qarzni qanday va qaçon tölaş kerakligi böyiça heç qanday muammoli masalalar yöq. Endi bizning asosiy vazifa - bu vaziyat qayta sodir bölişiga yöl qöymaslik. Agar biz aholini öz gazimiz bilan ta'minlasak, bunday holat takrorlanmaydi», - deydi Sidiqov. 

Bundan oldin, Özbekiston 2001 yilda qabul qilingan «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar töğrisida»gi qonunni qayta körib çiqişi xabar berilgandi.

«Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar töğrisidagi qonun 15 yil oldin qabul qilingan. Tabiiyki, unda aks ettirilgan barça masalalar ham bizning talablarga javob bermaydi. Qonun investitsiyalarni jalb qiliş imkoniyati sifatida dastlabki hujjat tariqasida qabul qilingan», - dedi Bahodir Sidiqov jurnalistlarga.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Senatdagi çiqişi vaqtida «Lukoyl» kompaniyasidan 600 mln dollar miqdoridagi qarzdorlik haqida gapirgandi. Prezident mas'ullar mahsulotni bölib oliş töğrisidagi bitim imzolaş oldidan milliy manfaatlarni hisobga olişi kerakligi, lekin bu holatda milliy manfaatlar hisobga olinmaganini aytgan.