Joriy yilning 12-iyul kunida Artel zavodida Germaniyaning Viessmann kompaniyasi mahsulotlarini işlab çiqariş liniyasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Endilikda Artel kompaniyasi zavodida Germaniyaning Viessmann brendi ostida ikki konturli gazda işlaydigan isitiş qozonlari, hamda Viessmann isitiş qozonlari uçun ehtiyot qismlar işlab çiqariladi.

Viessmann korxonasi 100 yil avval joriy etilgan bölib, bugungi kunda isitiş, sovitiş va sanoat tizimlarini işlab çiqariş böyiça dunyoning yetakçi korxonalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya tarkibida 11 ta davlatda joylaşgan 22 ta sanoat korxonasi, 74 davlatda joylaşgan vakolatxonalar va hududiy bölimlar, hamda dunyo böyiça 120 ta savdo ofisi mavjud. 

Artel - bugungi kunda Örta Osiyoning eng yirik maişiy texnika va elektronika işlab çiqaruvçi korxonasidir. Artel kompaniyasida mahsulotlarning sifati va korxona mutaxassislarining tajribasini muntazam oşirib boriş siyosati joriy etilgan. Kompaniyaning işlab çiqariş tizimlari va menedjment boşqaruvi esa dunyo standartlariga muvofiqdir. Uşbu omillar Artel ilğor ğoyalarni ilgari suruvçi, hamda dunyoning har qanday yetakçi korxonasi bilan hamkorlik qila oladigan innovatsion kompaniya ekanligi haqida yaqqol darak beradi.

Bugunda Artel zavodida Viessmann brendi ostida Vitopend 100-W A1JB rusumli 12, 24, 30 hamda 34 kVt quvvatga ega ikki konturli gazda işlaydigan isitiş qozonlari işlab çiqariş yölga qöyildi.

Ikki konturli Viessmann isitiş qozonlarining unumdorligi kamida 90% taşkil etadi. Içki yoniş kamerasi germetikligi, tutunni majburiy bartaraf etiş va yoniş uçun kislorodni taşqaridan oliş tizimlari esa isitiş qozonini xonadonning içida örnatişga imkoniyat yaratadi. Viessmann ikki konturli isitiş qozonlari 96 m2 dan 340 m2 gaça bölgan maydonni isitişga qodir, ularning issiqlik quvvati esa bir daqiqada 16 litrgaça suvni isitiş uçun yetarlidir.

Ikki yirik korxona orasidagi hamkorlik Özbekiston bozorlarida Germaniya texnologiyalari böyiça yaratilgan yuqori sifatli isitiş uskunalarini yanada keng tarqalişiga va yurtimiz aholisiga qöşimça qulaylik baxş etişiga öz hissasini qöşadi.