Dunyoning ayni vaqtda birinçi raqamli erkak tennisçisi Novak Jokoviç faoliyatida beşinçi marotaba Uimbldon ğolibi böldi. E'tiborlisi, u ketma-ket ikkinçi yil musobaqada zafar quçmoqda. Serbiyalik tennisçi musobaqa finalida şveysariyalik tennisçi Rojyer Federerni 7:6 (7:5), 1:6, 7:6 (7:4), 4:6, 12:12 (7:3) hisobida mağlub etdi. 
Tarixda ilk bor Uimbldonning hal qiluvçi setida tay-breyk öynaldi. Uşbu qoida 2019 yildan kuçga kirib, uşbu finalda ayni muddao böldi.

Yana bir e'tiborli jihati, uçraşuv 4 soat 55 daqiqa davom etib, u erkaklar örtasida yakka musobaqalarda Uimbldonning eng uzoq davom etgan finali böldi.    

Ikki tennisçi örtasidagi qarama-qarşilik Jokoviç foydasiga 26-22 köriniş oldi.

Avval Jokoviç Uimbldonda 2011, 2014, 2015 va 2018 yillarda ğalaba qozongan. E'tiborlisi, 2014 va 2015 yillardagi finalda ham u aynan Federerni mağlub eta olgan.