Maşhur marketolog muvaffaqiyat siz işlaydigan sohani tanlaşga boğliq ekanini tuşuntiradi.

Köpçilik muvaffaqiyatga erişişga harakat qiladi.
Örinli savol: «Qaysi sohada?»
Agar mahalliy bouling ligasida ğolib bölişga harakat qilsangiz, bu jarayon sizni butunlay öziga jalb etadi va siz faqat muvaffaqiyatingiz va raqobatçilar haqida öylaşni boşlaysiz.
Agar sizning öyiningiz – siz yozayotgan şe'rlar, maqsadingiz – naşriyotçi, muharrir közi uçun emas, özingiz uçun keyingi qatorni ğoliblik bilan bitiş bölsa, aynan şu soha sizning asosiy işingizga aylanişi mumkin.
Agar maqsadingiz – Vodiydagi yuqori baho bilan köproq pul jalb etiş bölsa, demak siz öynayotgan öyin ana şunday.
Köpinça biz ğoliblikka erişolmaydigan öyinlarni öynaşni boşlaymiz. Qaysidir ma'noda bu sizga öşa sohada muvaffaqiyatga erişolmaslikka sabab böladi.
Ba'zida esa biz boşqalar mağlub bölmaguniga qadar ğolib bölinmaydigan öyinlarni tanlaymiz. Bunday öyinlar köpinça uzoq muddatli zaharli oqibatlarga ega böladi.
Ayrim hollarda özingiz öynayotgan öyinni özgartirişni istaysiz. Çunki natija sizga yoqmaydi. Biroq körib turganingizdek, öyinni özgartiriş samarali emas. Boşidanoq öyinni töğri tanlaş ança muhim.











