Ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoniga köra, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida beş yil iş stajiga ega bölgan fuqarolarning sirtqi va keçki ta'lim şakliga suhbat asosida qabul qilinişi tartibi belgilanib, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan e'lon qilingan edi.

Unga köra, fuqaro komissiya tomonidan tasdiqlangan röyxatdagi tegişli idora va vazirlik yoki yirik xöjalik birlaşmalaridan birining xodimi bölsa, iş joyidan berilgan tavsiyanoma asosida öqişga hujjat topşiradi.

Va şundan söng suhbat-imtihondan ötib, sitrqi ta'lim olişni xohlasa 5 yil, agar keçki ta'lim şaklini ma'qul körsa 4 yil muddat davomida tabaqalaştirilgan tölov-şartnoma asosida öqiydi.

Şartnoma puli esa özi işlab turgan taşkilot tomonidan tölab berilişi zarur.

Uşbu tartib asosida hujjat topşiriş işlari 20 iyulgaça davom etişi, suhbat esa 10 avgustdan 20 avgustgaça bölgan muddatda ötkazilişi közda tutilgan.

Respublikada jami 33ta taşkilot xodimlari suhbat asosida öqişga qabul qilinişi belgilangan bir paytda bunga eng köp talab bölgan yönaliş – Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi xodimlarga yengillik berilmagan.

Matbuot anjumanlaridan birida Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatovning özi bu tizimda işlayotganlar malakasiga töxtalib ötib, qariyb 60 ming nafar öqituvçi oliy ma'lumotga ega emasligi haqida aytib ötgan edi.

Vaholanki, bu yil şunça örta-maxsus pedagog maxsus tavsiyanoma bilan suhbat asosida öqişga qabul qiliniş imkoniga ega böla olmadi.

Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati bergan ma'lumotga köra esa, 2030 yilgaça vazirlikda işlayotgan barça pedagoglarning oliy ma'lumotli bölişiga erişişga harakat qilinmoqda.

Bu nimaning hisobidan amalga oşiriladi?

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati ma'lum qilişiça, joriy yil aynan pedagog kadrlar tayyorlovçi OTMlarda qabul kvotalari sezilarli darajada ösgan. 5 yillik stajga ega bölgan öqituvçilar ham barça abituriyentlar kabi kunduzgi, keçki va sirtqi ta'lim şakli uçun hujjat topşirgan. Sinov ham hamma bilan teng şaroitda yönalişga qarab test yoki ijodiy imtihon tarzida ötkaziladi. 

Şuningdek, ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi tomonidan 2019 yil 4 iyulda