Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘FA Turg‘unboyev bo‘yicha bayonot berdi. Xalqaro yuridik tashkilot u hamon «Paxtakor» futbolchisi ekanini aniqladi
Aziz Turg‘unboyev transfer masalasi ko‘p mojarolarga sabab bo‘ldi. Uning ikkita klub bilan shartnoma imzolagani oxir-oqibat o‘ziga qimmatga tushdi. 9 iyulda diskvalifikatsiyasi tugagan Aziz «Navbahor» bilan shartnoma imzoladi.
O‘FA Aziz Turg‘unboyev borasida bayonot bilan chiqdi. Unda aytilishicha, xalqaro yuridik tashkilot Azizning hamon «Paxtakor» futbolchisi ekanini aniqlagan. O‘FA esa insoniylik omilini inobatga olgan holda har ikki jamoani do‘stona kelishuvga chorlagan.
«Bilasiz, Aziz Turg‘unboyevning avval «Paxtakor» bilan, keyin esa «Navbahor» klubi bilan shartnoma imzolagani aniqlangan va bu Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha reglamentning 5.43 bandiga zid ekani sabab futbolchi 2019 yilning 9 iyul sanasiga qadar futbolga aloqador barcha turdagi faoliyatdan diskvalifikatsiya qilingan edi.
Oxirgi kunlarda bu masalani betaraf xalqaro yuridik tashkilot o‘rganib chiqib, chiqarilgan qaror huquqiy normalarga to‘liq to‘g‘ri kelmasligi va yuridik tomondan futbolchi hamon «Paxtakor»ga tegishli ekanligini aniqladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchining kelajak faoliyatiga salbiy ta'siri bo‘lmasligi va ko‘p sonli futbol muxlislari istagini hisobga olgan holda «Paxtakor» klubi «Navbahor» klubi bilan do‘stona kelishuvga erishib, bu masalaga nuqta qo‘yishdi. Natijada Turg‘unboyev «Navbahor» klubi bilan yangi shartnoma imzoladi.
Bu kabi bahsli masalaning xalqaro miqiyosga ko‘tarilishi milliy futbolimizning jahon futboli hamjamiyati oldidagi obro‘siga ham salbiy ta'sir etishi mumkin ekanini yaxshi anglab, mazkur masalada futbol manfaati uchun bir to‘xtamga kelishgani bois O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi har ikki klubga ham minnatdorchilik bildiradi va milliy terma jamoamizga nomzod futbolchining yashil maydonga qaytib, yanada chiroyli o‘yinlar namoyish etishi va O‘zbekiston terma jamoasiga foyda keltirishiga umid bildiradi»,- deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
17:55 / 10.06.2026
O‘zbekistonning JChdagi asosiy libosi ESPN reytingida oxirgi uchtalikka kirdi
12:06 / 20.05.2026
Niderlandiya futbol federatsiyasiga o‘rtoqlik o‘yini uchun pul to‘lanmaydi - O‘FA
22:37 / 22.04.2026
27 million mashmashasi: o‘zbek klublari budjetdan pul ola boshladi
14:09 / 31.01.2026