Pol Pogbaning «Real»ga ötişi yozning qolgan qismida eng katta mavzularidan biri bölişi turgan gap. Transferning taxminiy narxlari-yu, madridliklar Pogbani oliş uçun kimlarni sotmoqçi ekani haqidagi xabarlar ança işonçsiz manbalar orqali tarqalayogan bölsa-da, bu transfer haqiqatdan uzoq emasligi aniq, çunki vaziyatga eng yaqin insonlar tomonidan ham bayonotlar yangradi.

Birinçisi, Pogbaning maşhur agenti Mino Riyola futbolçining ketmoqçi ekani va bu haqida mançesterliklar bilişi haqida aytganida, futbol olamida bomba portlagandek böldi.

Ikkinçisi, Ole Gunnar Sulşer. U ilk mavsumoldi öyinidan oldin bu borada öz fikrini aytdi – «Pogba haqida hali heç qanday taklif bölgani yöq». Bir qaraganda, transferni inkor qiluvçi fikrdek körinadi, aslida esa, aksinça. Çunki Sulşer Pogba sotilmasligi, u jamoada juda muhim bölib, öyin uning atrofida qurilişi haqida gapirmayapti. Taklif yöq, deyapti. Ya'ni, bu öz navbatida, qarşi tomonga «agar sotib olmoqçi bölsanglar, taklif beringlar» deyiş bilan birga, bosimning «Real» tomonga ötişini ta'minlayapti. Göyoki, madridliklar futbolçini olmoqçi-yu, «MYu» hali sotmayapti, degan mulohazalarni yöqotib, boşqa versiyani örtaga taşlayapti – «aslida Pogba sotilişi mumkin, ammo «Real» taklifini bermayapti».

Sulşerning nutqidagi Pogba haqidagi ikkinçi qism ham aslida, yaxşilab öylangan: «Pogba – professional. Men u sotilişini men istamayman».

Bu ham ajoyib messej. Bu bilan «Mançester Yunayted» Pogbani sotişga majbur emasligini, bemalol u bilan yana işlay olişini «bildirmoqda» va yana bir bor «Real»ga – narxni tuşira olmaysizlar, biz istagan pulni bermasangiz, Pogba yöq. Bu bilan biz ham heç narsa yöqotmaymiz, Pogba bemalol Mançesterda töp sura oladi, demoqda. Hatto jamoa sardori haqidagi savolga ham javob berayotib, Sulşer Pogbani ham tilga oldi. Qoyil.

Demak, umumiy vaziyat tuşunarli: «Pogba Mançesterdan ketmoqçi, «Mançester Yunayted» agar yaxşi taklif bölsa, uni sotişga qarşi emas, lekin agar transfer amalga oşmagan taqdirda ham, murabbiy bemalol Pol bilan işlay oladi».

Bu pozitsiyada «Mançester Yunayted» özini juda yaxşi his qilmoqda. Bu yerda mançesterliklarda ikki muhim kuzir bor: Zidanning Pogbani sotib olişga juda qiziqayotgani va futbolçining şartnoma muddati 2021 yilgaça ekani.

Ayniqsa, ikkinçi punkt muhim – agar şartnoma kelasi yozgaça bölganida, Pogba balki klubga bosim ötkaza olardi. Çunki futbolçi har qanday darajada «MYu» bilan yomon vaziyatga tuşişi va eng yomon holatda, bir yil sabr qilib, erkin agentga aylanişi mumkin bölardi. Hozir esa, ikki yillik şartnoma turibdi. Şartlarni «MYu» qöya oladi, aks holda, jamoa futbolçiga nisbatan har qanday prinsipni qöllaş imkoniyatiga ega. Transferlar oynasi tugagaç, klub bemalol Pogbaga bosim ötkazişi va bemalol şartnomani yangilaşi mumkin. Çunki ikki yilni zaxirada ötkazib yuboriş, Madridni kutib yaşaşga heç qaysi futbolçi çidamasligi aniq.