Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha birinchi reys Boeing 757 UK75703 samolyotida amalga oshirildi. Parvozlar haftasiga ikki marta bo‘ladi.
Seshanba: HY745 Toshkent 15:50 – Tbilisi 18:30
Seshanba: HY746 Tbilisi 19:30 – Toshkent 23:50
Juma: HY745 Toshkent 08:00 – Tbilisi 10:40
Juma: HY746 Tbilisi 11:40 – Toshkent 16:00
Parvoz vaqti: 03:40
Masofa: 2042 km
Narxi: har ikki yo‘nalishga 3,515 mln so‘mdan.















