Buxoro qadim zamonlardan savdo çorrahasi, madaniyat va ma'rifat öçoği sanalib kelgan. Sönggi yillarda Buxoro özining noyob tarixiy obidalari, ziyoratgohlari bilan bir qatorda mevali boğlari, polizlari, mazali taomlari — ya'ni, mavjud gastronomik imkoniyatlari bilan ham çet ellik sayyohlar diqqatini tobora öziga tortmoqda.

Ana şundan kelib çiqib, joriy yilning 20–22 iyul kunlari Buxoro şahrida an'anaviy qovun sayli ötkaziladi. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro viloyat hokimligining axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

1996 yildan beri taşkil etib kelinayotgan, maqsadi asosan Buxoro qovunlarini yetiştirişni qayta tiklaşga va yangi navlarini kaşf etişga qaratilgan festivalda qovunning «Amiri», «Barginay», «Börikalla», «Gulobi», «Kökça» «Şerozi» kabi navlar yetiştiriş böyiça usta dehqonlar iştirok etadilar.

Abu Ali ibn Sino nomidagi favvoralar maydoni hududida bölib ötadigan tadbirda maxsus konsert dasturlari ham namoyiş etiladi. Tadbir söngida esa tanlov ğoliblari aniqlanib, ularga turli qimmatbaho sovğalar taqdim etiladi.