2019 yilning birinçi yarmida Germaniyada quyoş, şamol, suv va biomassadan olingan energiya AES va IESdan olingan energiyadan köproq böldi. Bunga qanday erişildi va bu nimani anglatadi?
Lippendorf şahrida EnBW energetika konserni kömir elektrostansiyasi blokini vaqtinça öçirdi. Sababi esa juda ğayrioddiy: uni bundan buyon uni işlatiş şunçaki befoyda. Is gazi ajralişiga qöyilgan kvotalar uçun narxlar oşib bormoqda, qulay ob-havo şaroitida elektr energiyasini muqobil manbalardan köproq oliş mumkin.
Natija uzoq kuttirmadi: olti oy davomida Germaniyada qayta tiklanadigan energiya manbalaridan kömir va atom elektrostansiyalaridagiga nisbatan köproq energiya işlab çiqarildi. Quyoş, şamol, biomassa va suv orqali olingan elektr energiyasi uluşi 47,3%ni taşkil etdi.

Kömir va AESlarga 43,4% elektr energiyasi töğri keldi, yana 9,3% elektr energiyasi gaz, qolgan 0,4 foiz energiya boşqa manbalardan, xususan neftdan olindi. Fraunxofer nomidagi quyoş-energetika tizimlari instituti ana şunday ma'lumotni taqdim etdi.
Energiya işlab çiqarişda kömirning uluşi keskin qisqarmoqda
Agora Energiewende analitika markazi xodimi Fabian Xaynning ta'kidlaşiça, bu vaziyat ayni payt uçun xos bölib, uning uzoq vaqt şunday bölib qolişi haqida gapirişga hali erta. 2019 yilning birinçi yarmi juda şamolli böldi: natijada şamol elektr stansiyalari işlab çiqargan energiya ötgan yilning şu davriga nisbatan 20%ga köp böldi. Quyoş batareyalari yordamida olinadigan energiya miqdori 6%, gazli IESlarda esa 10%ga oşdi.

Kömirli IESlarda elektr energiyasi işlab çiqariş qimmatga tuşmoqda
Mamlakat umumiy energetikasida atom energiyasining uluşi özgarmadi, kömirning uluşi esa pasaydi.
Emission kvotalar narxi oşib borayotganligi sababli kömir yordamida elektr energiyasi işlab çiqariş borgan sari qimmatga tuşmoqda. Gazli elektr stansiyalari ham atmosferaga CO2 gazini çiqaradi, ammo bu kam miqdorda bölib, samaraliroq işlaydi.
Gazli elektr stansiyalari foydaliroq böldi













